58-BOB
Tilanchilik va ta’magirlik bo‘lmasa, berilgan
narsani olish joizligi haqida
537/1. Solim otalari Abdullohdan, Abdulloh esa otalari Umardan (r.a.) qilgan
rivoyatlarida, Umar ibn Xattob (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) menga o‘ljalardan
berganlarida, men: «Kambag‘alroq kishilarga bering», dedim. Shunda u zot: «Agar
senga mana shu kabi mol keltirilsa, ta’ma, hirs qilmagan va tilanchilik etmagan holda
o‘sha molga ega bo‘laver. Agar xohlasang, undan yegin. Bo‘lmasa, sadaqa qil. Ammo
o‘zi kelmasa, orqasidan yugurmagin», dedilar. Solim (r.a.): «Otam Abdulloh mana shu
sunnatga amal qilgan holda hech bir kishidan biror narsa so‘ramas va agar biror narsa
berilsa, qaytarmas edilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |