www.ziyouz.com kutubxonasi
8
musofir bo‘lsak, uch kecha va kunduz mahsilarimizni yechmay, mash tortishimizni
buyurdilar. Junublikdan tashqari katta bo‘shanish, bavl qilish hamda uyg‘ongandan keyin
mash tortar edik», dedilar. Men: «Siz muhabbat to‘g‘risida Rasululloh (s.a.v.)dan biror
narsa eshitganmisiz?» desam, u zot: «Ha, biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. Bir
payt huzurlarida o‘tirsak, baland ovozli bir sahroyi arab kelib: «Ey Muhammad», deb
chaqirdi. U zot uning ovoziga o‘xshatib: «Ha, nima deysan?» dedilar. Men esa unga:
«Sening holingga voy bo‘lsin, ovozingni pastlatgin, chunki Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida
ovozni balandlatishdan hamma qaytarilgan», dedim. Sahroyi arab: «Allohga qasamki,
ovozimni pastlatmayman», deb Rasululloh (s.a.v.)dan: «Kishi bir qavmni yaxshi ko‘radi-
da, ularga ergashmagan bo‘ladi, shunda nima bo‘ladi?» deb so‘raganida, u zot: «Kishi
Qiyomat kuni yaxshi ko‘rgan kishilari bilan birga bo‘ladi», dedilar. U zot gapirishda
davom etib, bir darvozani zikr qildilar. U darvozaning kengligida otliq qirq yoki yetmish
yil yuradi. Roviylardan biri Sufyonning (r.a.) aytishlaricha, u darvoza Shom tomonda
bo‘lib, Alloh taolo osmon va Yerni yaratgan kuni xalq qilgandir. U darvoza tavba
qiluvchilar uchun doimo ochiq bo‘lib, quyosh mag‘ribdan chiqmagunicha yopilmaydi»,
dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari.
20/8. Abu Said Sa’d ibn Molik ibn Sinon al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Sizlardan avval o‘tgan ummatlardan bir
odam to‘qson to‘qqiz kishini o‘ldirgan edi. Vaqtiki, u odamlardan yer yuzidagi eng olim
kishini so‘radi. Ular bir rohibni ko‘rsatishdi. U rohib huzuriga borib to‘qson to‘qqizta
odam o‘ldirganini aytib, tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘ladimi-yo‘qmi, shu haqda
so‘raganida, rohib: «Yo‘q», dedi. U rohibni ham o‘ldirib, o‘ldirgan odamlar sonini yuztaga
yetkazdi. So‘ngra yana: «Yer yuzida barchadan olimroq kishi kim?» deb so‘radi. Unga
yana bir olim kishi ko‘rsatildi. Olimning oldiga borib u: «Yuz kishini o‘ldirdim, tavbam
qabul bo‘ladimi?» deganida, olim: «Ha, kim U bilan tavbang orasini to‘sa olar edi? Sen
falon-falon yerga bor. U yerda kishilar Alloh taologa ibodat qilishadi. Sen ham ular bilan
birga ibodat qil. O’z yeringga qaytmagin. Chunki u yomon joydir», dedi. Bu so‘zlarni
eshitgan bechora yo‘lga tushdi. Yarim yo‘lga yetganida unga o‘lim xabari kelib, rahmat
va azob farishtalari janjallasha boshlashdi. Rahmat farishtalari: «U qalbi bilan Allohga
yuzlanib tavba qilgan holda», deyishdi. Azob farishtalari esa: «U hech ham yaxshi amal
qilmagan», deyishdi. Shunda odam suratidagi farishta kelib, ularning oralarida hakamlik
qila boshladi. U: «Shu joydan turib ikki yer orasidagi masofani o‘lchanglar. Qaysi biriga
yaqin bo‘lsa, u ham o‘shalardandir», dedi. Ikki yer oralig‘i o‘lchandi. Xohlab (ketib)
turgan tarafi yaqin edi. Shunday qilib, uning jonini rahmat farishtalari olishdi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir sahih rivoyatda: «Yaxshi yurtga bir qarich yaqin ekan. U o‘sha shahar
ahlidan sanalibdi», deyiladi.
Yana bir boshqa sahih rivoyatda esa quyidagicha aytiladi: «Alloh taolo kelgan
tarafdagi yerga uzoq bo‘l deb, borayotgan tarafdagi yerga yaqin bo‘l, deb vahiy qildi. Va:
«Ikkovining orasini o‘lchanglar», dedi. Natijada borayotgan tomoniga kelayotgan
tarafidan ko‘ra bir qarich yaqin ekan. So‘ng u mag‘firat qilindi».
Boshqa rivoyatda: «Ko‘kragi bilan sudralib, o‘zini o‘sha tomonga oldi», deyilgan.
21/9. Abdulloh ibn Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Abdulloh otalari Ka’b ibn
Molikning ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganida yetaklab yurardilar.) Ka’b ibn Molik Tabuk
g‘azotida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bormay qolganlarini quyidagicha so‘zlab
beradilar: «Rasululloh (s.a.v.) qatnashgan g‘azotlarning Tabukdan boshqa hammasidan
qolmadim. Lekin Badr g‘azotiga ham bormasdan
qolgandim. Biroq unda bormay qolganlardan biror kishi itob qilinmadi. Chunki Rasululloh
(s.a.v.) va musulmonlar Quraysh karvonini to‘sish niyatida chiqishgan edi. Hatto, Alloh
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |