Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
dunyo ahlidan birortasining huzurida o‘tirgan bo‘lsam-ku, uning g‘azabidan uzr bilan 
chiqib ketar edim. Chunki men fasohatli so‘zamol kishiman. Lekin bilaman, Allohga 
qasamki, agar bu kun sizga yolg‘on gapirsam, mendan rozi bo‘laverasiz. Biroq tez 
fursatda Alloh mendan sizni g‘azablantirib qo‘yadi. Agar sizga rost gapni aytsam, o‘zim 
sizni g‘azablantirib qo‘yaman. Albatta, men Allohdan yaxshi oqibat umididaman. Allohga 
qasamki, menda uzr yo‘qdir. Siz bilan birga bormay qolgan paytimda har galgidan kuchli 
va badavlat edim», dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kishi haqiqatda rost gapirdi. Turgin, 
to Allohning hukmi kelguncha kutib tur», dedilar. Bani Salamadan bo‘lgan kishilar 
mening orqamdan ergashib, «Allohga qasam, biz seni bundan oldin gunoh qilganingni 
bilmaymiz. Sen boshqa g‘azotga bormaganlar kabi uzr aytmading. Rasululloh 
(s.a.v.)ning istig‘forlari sening gunohingga kifoya qiladi», deyishdi. Ular meni malomat 
qilishda davom etishdi, hatto men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qaytib borib yolg‘on 
gapirishni xohladim. So‘ngra ularga: «Bu kabi so‘z bilan mendan boshqa ham biror kishi 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldimi?» desam, ular: «Ha, ikki kishi kelib, sen aytgan 
so‘zlarni aytdi. Senga aytilgan javob ularga ham aytildi», deyishdi. «Ular kim ekan?» 
desam, ular: «Murora ibn Rabiy’ al-Amriy va Hilol ibn Umayya al-Voqifiylar», deyishdi. 
Menga ikki solih kishini zikr qilishdiki, har ikkovi ham Badr ishtirokchilari bo‘lib, iqtido 
qilishga munosibdir, deb qilgan qarorimdan qaytmadim. Rasululloh (s.a.v.) g‘azotga 
bormay qolganlar orasidan biz uch kishi bilan so‘zlashishni man qildilar. Va bu hukm ila 
xalq bizdan chetlandi. Hatto, yer ham men bilgan yerdan o‘zgacha bo‘lib qoldi. Biz mana 
shu holatda ellik kecha turdik. Ammo ikki sherigim ojizlashib ketishdi. Ular uylarida 
o‘ltirib olib faqat yig‘lashardi. Men esa qavmning yoshi va bardoshlisi bo‘lganim uchun 
(ko‘chaga) chiqib, musulmonlar bilan birga namozda ishtirok etar edim. Va yana 
bozorlarni aylanardim. Hech kim men bilan gaplashmas edi. Yana Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borar edim. U zot namozdan keyin bo‘ladigan majlisda o‘ltirganlarida, borib 
salom berardim-da, o‘zimga o‘zim: «U zot salomga alik olayotib, lablarini qimirlatdilarmi 
yoki yo‘qmi?» deb, u zotga yaqin turib namoz o‘qirdim. Shu asnoda o‘g‘rincha nazar 
solardim. Agar namozga yuzlansam, u zot menga nazar solardilar. Agar u zot tomonga 
qarasam, mendan yuz o‘girib olardilar. Qachonki, kishilarning jafolari menga nisbatan 
uzayib ketganda men uchun sevimli bo‘lgan amakimning o‘g‘li Abu Qatodaning bog‘i 
devoridan tirmashib tushdim-da, unga salom berdim. Allohga qasam, u ham salomimga 
alik olmadi. Men unga: «Ey Abu Qatoda, Allohning nomi ila sendan so‘rayman, men 
Alloh va rasulini yaxshi ko‘rishimni bilasanmi?» desam, u sukut qildi. Ikkinchi bor 
so‘radim. Sukut qildi. Uchinchi bor so‘raganimda: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», 
degandi, men ikki ko‘zimdan yoshimni oqizib, devordan tirmashib orqamga qaytib 
ketdim. Men Madina bozorlarida yursam, Madinaga don sotgani kelgan Shom 
dehqonlaridan biri: «Kim menga Ka’b ibn Molikni ko‘rsatib qo‘yadi?» dedi. Odamlar 
menga ishora qilishdi. U mening oldimga kelib o‘asson podshohi tomonidan bitilgan bir 
maktubni uzatdi. Unda quyidagilar bitilgan edi: «Bizga xabar yetdiki, sening do‘sting 
(boshlig‘ing) senga jafo qilibdi. Alloh xo‘rlik va zoe bo‘linadigan yerda turishni majbur 
qilmagan. Bizning huzurimizga kel, biz senga (g‘amxo‘rlik qilib) tasalli beramiz». Bu 
maktubni o‘qigan paytimda «Bu ham musibat-balolarning bir ko‘rinishidir», dedim. 
Maktubni tandirga tashlab yoqib yubordim. Qirq kun ham o‘tdiki, vahiy to‘xtab qolgan 
edi. Nogahon Rasululloh (s.a.v.) huzurlaridan bir elchi kelib: «Rasululloh (s.a.v.) 
xotiningdan alohida bo‘lmoqni buyuryaptilar», dedi. Men: «Taloq qilaymi? Nima qilay?» 
dedim. U: «Faqat alohida bo‘lib, yaqinlashma», dedi. Rasululloh (s.a.v.) bu hukmni ikki 
birodarimga ham yuborgan edilar. Men xotinimga: «Sen o‘z uyingga borib, to Alloh 
tomonidan hukm tushguncha u yerda turgin», dedim. Hilol ibn Umayyaning xotini 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, Hilol ibn Umayya bechora qari 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish