www.ziyouz.com kutubxonasi
252
va dushmanning ichqoraligidan panoh tilanglar», deb aytdilar, ya’ni «(Sizlar): «A’uzu
billahi min jahdil balo va darakish shaqoi va su‘il qazo va shamotatil a’doi», deb duo
qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1471/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohumma aslih
liy dinillaziy huva ‘ismatu amriy, va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’ashiy va aslih liy
oxiratillatiy fiyha ma’adiy, vaj’alil hayota ziyodatan liy fiy kulli xayrin vaj’alil mavta
rohatan liy min kulli sharrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, ishlarimni saqlovchi
dinimni isloh qil. Yashaydiganim dunyoimni isloh et. Qaytishim unga bo‘lgan oxiratimni
isloh qil. Har bir yaxshilikda hayotimni ziyoda qil. Va har bir yomonlikda o‘limni rohat
qil».) Imom Muslim rivoyati.
1472/9. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «(Sen): «Allohummahdiniy
va saddidniy» («Allohim, meni hidoyat et va sobitqadamlikda qil»), deb ayt», dedilar.
Boshqa bir rivoyatda «Allohumma inniy as‘alukal huda vassadoda» bo‘lib kelgan.
(Ma’nosi: «Allohim, men Sendan hidoyatni va sobitqadamlikni so‘rayman».) Imom
Muslim rivoyati.
1473/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohumma inniy a’uzu
bika minal ‘ajzi val kasali val jubni val harami val buxli va a’uzu bika min ‘azobil qabri va
a’uzu bika min fitnatil mahya val mamoti», (boshqa rivoyatda) «Va zila’iddayni va
g‘alabatir rijal», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening noming bilan ojizlikdan,
dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, munkillab qariya bo‘lishdan, baxillikdan, qabr azobidan,
tirik va o‘liklar fitnasidan hamda qarz yukidan va kishilarning g‘olib kelishidan panoh
tilayman».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1474/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.)
Rasulullohga S: «Menga bir duo o‘rgatingki, u bilan namozimda iltijo qilayin»,
deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «(Sen): «Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman
kasiyron vala yag‘firuz zunuba illa anta fag‘firliy mag‘firatan min ‘indika, varhamniy
innaka antal g‘ofurur rohiym», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, men nafsimga ko‘p
zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqasi kechira olmaydi. O’zingning huzuringdan
bo‘lgan mag‘firat ila meni kechirgin. Va menga rahm qilgin, albatta Sen kechirguvchi,
rahmli Zotsan».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1475/12. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu duo bilan iltijo
qilardilar: «Allohumma ig‘firliy xatiy‘atiy va jahliy va isrofiy fiy amriy vama anta a’lamu
bihi minniy, Allohumma ig‘fir liy jiddiy va hazliy va xatoiy va ‘amdiy va kullu zalika
‘indiy, Allohumma ig‘firliy ma qoddamtu vama axxartu vama asrartu vama a’lantu vama
anta a’lamu bihi minniy, antal muqaddimu va antal muaxxiru va anta ‘ala kulli shay‘in
qodir». (Ma’nosi: «Allohim, xatolarimni, johilligimni, ishdagi isroflarimni kechirgin. Sen
uni mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Allohim, jiddiyligimni, hazilimni, xatoimni, qasdimni va
mening huzurimdagi barchasini kechirgin. Allohim, oldingi qilgan gunohlarimni,
keyingilarini, yashirin qilganlarimni, ochiqcha qilganlarimni kechirgin. Sen uni mendan
ko‘ra biluvchiroqsan. Sen avvalgi-yu oxirgisan. Sen har bir narsaga qodirsan».) Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1476/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) duolarida «Allohumma
inniy a’uzu bika min sharri ma ‘amiltu va min sharri ma lam a’mal», deb aytardilar.
(Ma’nosi: «Allohim, men Sendan amal qilgan va amal qilmagan narsalarimning
yomonidan panoh tilayman».) Imom Muslim rivoyati.
1477/14. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Quyidagilar ham Rasululloh (s.a.v.)
duolaridan edi: «Allohumma inniy a’uzu bika min zavoli ni’matika va tahavvuli ‘ofiyatika
va fuj‘ati niqmatika va jamiy’i saxatika». (Ma’nosi: «Allohim, bergan ne’mating zavol
bo‘lishidan, bergan ofiyating o‘zgarib ketishdan, to‘satdan keluvchi o‘chingdan va jamiki
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |