www.ziyouz.com kutubxonasi
249
ilaykan nushur» («Allohim, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz
va Sening noming ila vafot etamiz. Va Senga qaytajakmiz»), deb aytar edilar. Abu
Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1453/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh,
menga biror kalimani o‘rgating, uni tong otganida va kech kirganida aytib yuray»,
dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «(Siz) «Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal
g‘oybi vash shahadati robba kulli shay`in va maliykah, ashhadu alla ilaha illa anta,
a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish shaytoni va shirkihi», deb tong otganida, kech
kirganida va to‘shagingizga yotganingizda aytib yuring», dedilar (ma’nosi: «Ey yeru
osmonni bor qilgan Allohim, ey g‘oyibni va shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir
narsaning Parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh
yo‘q. Nafsimning yomonligidan va shaytonning yomonligiyu hiylasidan Sening noming ila
panoh tilayman»). Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1454/5. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kech kirsa:
«Amsayna va amsal mulku lillah, valhamdu lillahi la ilaha illallohu vahdahu la shariyka
lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. Robbi as`aluka
xoyro ma fiy hazihil laylati va xoyro ma ba’daha va a’uzu bika min sharri ma fiy hazihil
laylati va sharri ma ba’daha, robbi a’uzu bika minal kasali va su`ul kibar. A’uzu bika min
‘azabin nari va ‘azabin fil qobr», deb aytar edilar. Agar tong otsa: «Asbahna va asbahal
mulku lillah», deb, qolganini yuqoridegidek davom ettirardilar (ma’nosi: «Biz ham,
butun mulk ham Allohniki bo‘lgan holda kech kirgizdi. Allohga hamd bo‘lsin. Allohdan
boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Unikidir. Maqtov ham Unga
xosdir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sendan bu kechaning yaxshiliklarini va
undan keyingi yaxshiliklarni so‘rayman. Bu kechaning yomonligidan va undan keyingi
kechaning yomonligidan Sendan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sening noming ila
dangasalikdan va yomon kibrlikdan panoh tilayman. Yana do‘zax va qabr azobidan ham
panoh tilayman». Imom Muslim rivoyati.
1455/6. Abdulloh ibn Xubaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga
«(Sen) «Qul huvallohu ahad... », «Qul a’uzu birobbil falaq... », «Qul a’uzu birobbin
nas... » suralarini kechki payt va ertalab uch martadan aytsang, senga har bir narsada
kifoya qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1456/7. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biror bir
banda har tongda va tunda «Bismillahillaziy la yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la
fis samai va huvas samiy’ul ‘aliym», deb uch marta aytsa, unga biror narsa zarar
bermaydi», dedilar (ma’nosi: «Shunday Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi
tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir»).
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |