www.ziyouz.com kutubxonasi
247
ko‘rishganmi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yo‘q, Seni ko‘rishmagan», deyishadi. Alloh
taolo: «Agar ko‘rishsa, nima qilishar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar ko‘rishganida edi,
yana ham ko‘proq ibodat qilishar hamda ulug‘lash, tasbeh aytishni ko‘paytirishar edi»,
deyishadi. Alloh taolo: «Ular Mendan nimani so‘rashmoqda?» deydi. Farishtalar:
«Bandalaring jannat so‘rashadi», deyishadi. Alloh taolo: «Jannatni ko‘rishganmi?» deydi.
Farishtalar: «Vallohi, ey Rabb, ko‘rishmagan», deyishadi. Alloh taolo: «Agar ko‘rishsa,
qanday bo‘lar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar jannatni ko‘rishganida, bundan ko‘ra haris,
talabgor bo‘lib, rag‘bat qilishar edi», deyishadi. Alloh taolo: «Nima narsadan panoh
tilashmoqda?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Do‘zaxdan panoh tilashadi», deyishadi. Alloh
taolo: «Do‘zaxni ko‘rishganmi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yo‘q, ko‘rishmagan»,
deyishadi. Alloh taolo: «Agar ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» deydi. Farishtalar: «Agar
ko‘rishganida edi, bundan-da qattiq qo‘rqib qochishar edi», deyishadi. Shunda Alloh
taolo: «Sizlar guvoh bo‘linglar, Men ularning gunohlarini kechirdim», deydi.
Farishtalardan biri: «Ularning ichida falon kishi bu toifadan emas. Faqatgina o‘zining
hojati uchun kelib qo‘shilmoqda», deydi. Alloh taolo: «U zikr ahllari bilan suhbatdoshdir.
Zikr ahllari bilan bir o‘tirganlar hargiz badbaxt bo‘lishmaydi», deb aytadi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning Abu Hurayradan (r.a.) qilgan rivoyatida aytilishicha, Rasululloh
(s.a.v.) «Albatta Alloh taoloning (sayohat qiluvchi Hafaza nomli farishtalaridan boshqa)
Fuzalo nomli farishtalari bo‘lib, ular zikr qilinuvchi majlislarni axtarib yurishadi. Agar zikr
qilinayotgan majlisni topishsa, ular bilan birga o‘tirishadi. Bir-birlarini qanotlari bilan
o‘rab, zikr qiluvchilar o‘tirgan majlis bilan osmon o‘rtasi farishtalarga to‘lib ketadi.
Qachonki, majlis ahli tarqalib ketishsa, farishtalar ham osmonga ko‘tarilishadi. Alloh
taolo bilib turib: «Qaerdan keldinglar?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Yerdagi bandalaring
huzuridan. Ular senga tasbeh, takbir, tahlil va hamd aytib, Sendan (hojatlarini)
so‘rashmoqda», deyishadi. Alloh taolo: «Mendan nimani so‘rashmoqda?» desa,
farishtalar: «Jannatingni so‘rashadi», deyishadi. Alloh taolo: «Jannatimni ko‘rishganmi?»
desa, farishtalar: «Yo‘q, ey Rabb», deyishadi. Alloh taolo: «Agar jannatimni ko‘rishsa,
qanday bo‘lar edi?» desa, farishtalar: «Sening panohingga qochishar edi», deyishadi.
Alloh taolo: «Nimadan panohimga qochishadi?» deydi. Farishtalar: «Ey Rabb,
do‘zaxingdan», deyishadi. Alloh taolo: «Do‘zaximni ko‘rishganmi?» deydi. Farishtalar:
«Yo‘q», deyishadi. Alloh taolo: «Agar do‘zaximni ko‘rishsa, qanday bo‘lar edi?» deydi.
Farishtalar: «Istig‘for aytishadi», deyishadi. Alloh taolo: «Men ularning gunohlarini
kechirdim. So‘ragan narsalarini berdim. Panoh tilagan narsalaridan panoh berdim»,
deydi. Farishtalar: «Ey Rabb, ularning ichida xatokor falonchi bir banda bordir. U ahli
zikrlar oldilaridan o‘ta turib ular bilan birga o‘tirib qoldi», deyishsa, Alloh taolo: «Uning
ham gunohlarini kechirdim, chunki bu jamoa bilan o‘tirgan odam badbaxt bo‘lmaydi»,
deydi», dedilar.
1447/2. Abu Hurayra va Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir
qavm o‘tirib Allohni zikr qilsa, ularni farishtalar o‘rab olishadi va rahmat qoplaydi.
Ustilariga xotirjamlik tushadi. Alloh ularni O’zining huzuridagilar (ya’ni, farishtalar) bilan
eslaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1448/3. Abu Voqid Horis ibn Avfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
masjidda odamlar bilan birga o‘tirgan edilar. Uch nafar kishi kelib, ikkisi Rasulullohga
(s.a.v.) yuzlandi. Ammo biri (majlisga qatnashmay) ketib qoldi. Ya’ni, ikkisi Rasululloh
(s.a.v.) huzurlarida to‘xtab, ularning biri xalqadan bo‘sh joy topib, u yerga o‘tirdi.
Ikkinchisi esa orqaga o‘tirdi. Uchinchisi orqa o‘girib ketib qoldi. Qachonki, Rasululloh
(s.a.v.) forig‘ bo‘lganlaridan keyin: «Men sizlarga mana bu uch nafar kishi haqida xabar
beraymi? Ularning biri Allohga yaqin bo‘lgan edi, Alloh ham unga yaqin bo‘ldi. Ikkinchisi
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |