Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
bihalalika ‘an haromika va ag‘niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini o‘qib yursang, 
qarzing tog‘ miqdoricha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, 
harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila O’zingdan 
boshqalardan behojat qil».) Imom Termiziy rivoyati. 
1486/23. Imron ibn Hasindan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu zotning 
otalari Hasinga duo qilib yurishlari uchun ikki kalima o‘rgatdilar. U «Allohumma alhimniy 
rushdiy va a’izniy min sharri nafsiy» edi. (Ma’nosi: «Allohim, meni hidoyatga muvofiq 
qilib, nafsimning yomonligidan panoh bergin».) Imom Termiziy rivoyati. 
1487/24. Abbos ibn Abdulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, menga 
bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) 
«Allohdan ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Bir necha kundan so‘ng borib: «Ey Allohning 
rasuli, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», desalar, u zot: «Ey 
Abbos, ey Alloh rasulining amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyatni so‘ranglar», deb 
aytdilar. Imom Termiziy rivoyati. 
1488/25. Shahr ibn Huvshabdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ummu Salamaga (r.a.): 
«Ey mo‘minlar onasi, Rasululloh (s.a.v.) sizning huzuringizda bo‘lganlarida eng ko‘p 
qiladigan duolari qaysi edi?» deganlarida, Ummu Salama (r.a.):  «Ko‘p duolari «Ya 
muqallibal qulub sabbit qolbiy ‘ala diynik» edi», dedilar. (Ma’nosi: «Ey qalblarni 
o‘zgartiruvchi, qalbimni diningda sobit qil».) Imom Termiziy rivoyati. 
1489/26. Abu Dardodan 4$>  rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Dovudning duolari 
«Allohumma inniy as‘aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ‘amalallaziy 
yuballig‘uniy hubbaka. Allohumma ij’al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va 
minal ma‘il baridi» edi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening muhabbatingni va Seni 
yaxshi ko‘rgan kishining muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan 
amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq 
suvdan ham menga mahbubroq qilgin».) Imom Termiziy rivoyati. 
1490/27. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ya zal jaloli val ikrom» 
duosini lozim tutinglar va ko‘paytiringlar», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ey ulug‘lik va izzat-
hurmat egasi».) Imom Termiziy rivoyati. 
Xuddi shu ma’nodagi hadis Nasaiyning kitoblarida Rabiyha ibn Omirdan (r.a.) rivoyat 
qilinadi. Hokim esa bu hadisning isnodi sahih, deganlar. 
1491/28. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) juda ko‘p duolar 
bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik. Shunda men: «Ey 
Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u, biz undan birortasini yodlamaymiz», desam, 
u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat qilaymi? U «Allohumma 
inniy as’aluka min xoyri ma sa‘alaka minhu nabiyyuka Muhammadun (s.a.v.) va na’uzu 
bika min sharri masta’ozaka minhu nabiyyuka Muhammadun (s.a.v.) va antal musta’onu 
va ‘alaykal balag‘u vala havla vala quvvata illa billah»dir», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, 
nabiyying Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. 
Va nabiyying Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh 
so‘rayman. Va Sen yordam so‘raluvchi Zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa 
o‘zgartiruvchi va quvvat yo‘qdir».) Imom Termiziy rivoyati. 
1492/29. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Allohumma inniy as‘aluka mujibati 
rohmatika va ‘azoima mag‘firotika, vassalamata min kulli ismin val g‘oniymata min kulli 
birrin val favza biljannati van najota minannar» ham Rasululloh (s.a.v.) duolaridan edi. 
(Ma’nosi: «Allohim, rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib 
qiladigan narsani, har bir gunohdan salomat bo‘lishni va har bir yaxshilikda g‘animatni 
hamda jannat bilan zafar qozonishni va do‘zaxdan najot topishni so‘rayman».) Imom 
Hokim rivoyati. Bu hadis Muslimning shartlariga binoan sahihdir. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish