239-bob Fasod-fitna ko‘payib ketganida ibodatga mashg‘ul bo‘lishning
fazilati to‘g‘risida
1365/1. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyinchilikda
ibodat qilish menga (ya’ni, Makkadan Madinaga) hijrat qilingan kabidir», dedilar. Imom
Muslim rivoyati.
240-bob
Oldi-sotdi, oldi-berdi va qarz berish-qarz olishda muloyim
bo‘lish hamda o‘lchash va tortishda ko‘paytirib
berishning fazilati haqida
Alloh taolo:
«Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz, Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi,
215-oyat);
«Ey qavmim, o‘lchov va tarozini adolat bilan to‘la tortingiz! Odamlarning
narsalarini urib qolmangiz va yerda buzg‘unchilik bilan sanqib yurmangiz» (Hud
surasi, 85-oyat);
«(O’lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay. Ular
odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga
Do'stlaringiz bilan baham: |