165-BOB Zolimlar qabri yonidan o‘tganda qo‘rqib yig‘lash, Allohga muhtojlikni izhor qilish va ulardan g‘aflatda qolishdan saqlanish xususida
954/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Samud qavmining diyori
Hijr nomli joyga yetganlarida, sahobalarga: «Mana bu azoblanayotganlar yeriga faqat
yig‘lagan holda kiringlar. Agar yig‘lamasanglar, kirmanglar. Ana shunda ularga yetgan
narsa sizlarga yetmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda Rasululloh Sh, qachonki Hijr nomli joydan o‘ta turib: «O’z jonlariga
zulm qilgan miskinlar diyoridan yig‘lagan holda o‘tinglar. Ularga yetgan musibat sizlarga
ham yetib qolmasin», deb, boshlarini o‘rab, o‘sha vodiydan tezlik ila chiqib ketdilar.