113-BOB
Ichiladigan narsaga puflashning makruhligi haqida
763/1. Abu Said al-Hudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ichiladigan
narsaga puflashdan man qildilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, idishda iflos
narsa ko‘rsam, nima qilay», deganida, u zot: «Uni to‘kib tashla», dedilar. Haligi kishi:
«Men bir nafas bilan suvga qonmayman», deganida, u zot: «Undog‘ bo‘lsa, har nafas
olganingda idishni og‘zingdan uzoq qil», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
764/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) suv idishga og‘izni tutib
nafas olishdan yoki puflashdan man qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |