108-BOB
Suyanib yeyishning karohiyati to‘g‘risida
744/1. Abu Juhayfa Vahb ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Men suyanib yemayman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Xattobiy aytadilar: Hadisning arabcha lafzidagi «al-muttakiy»dan maqsad — ostidagi
to‘shakka yaxshi joylashib o‘tirishdir. Bu yerda Rasululloh (s.a.v.) «Taomni ko‘p yeyish
maqsadida yostiq va boshqa narsalarga suyanib yeyuvchilar kabi emas, balki omonat
o‘tirib kifoya qilgudek miqdorida yeyman», dedilar. Bu Xattobiyning so‘zlari edi. Lekin
boshqalar «al-muttakiy» bir tomonga yonboshlashdir, deyishdi.
745/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh (s.a.v.) ikki dumbalarini
yerga qo‘yib va ikki boldirlarini tik qilgan holda xurmo yeb turganlarini ko‘rdim», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |