106-BOB
Yeb to‘ymaydigan kishining aytishi lozim bo‘lgan zikrlar
741/1. Vahshiy ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari:
«Ey Rasululloh, biz yeymiz-u, ammo to‘ymaymiz», deyishganida, u zot: «Sizlar tafriqa
bo‘lib yesangizlar kerak-da»,
deganlarida, ular: «Ha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Taomingizni
jam bo‘lib yenglar. Alloh ismini zikr qilinglar. Alloh o‘shanda sizlarga baraka ato qiladi»,
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Foyda: To‘planib, jamlanib va «Bismillah»ni aytib yeyish baraka hosil bo‘lishiga
hamda qorin to‘yishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |