www.ziyouz.com kutubxonasi
17
taqsimlashda ba’zi kishilarga ko‘proq ulush ajratdilar. Aqra’ ibn Hobisga yuzta tuya,
Uyayna ibn Hisnga ham shu miqdorda berdilar. Hamda arablarning ulug‘lariga ham ana
shu kungi taqsimda ko‘proq o‘lja berdilar. Shunda bir kishi: «Allohga qasamki, bu
taqsimotda adolat qilinmadi va Allohning roziligi iroda qilinmadi», deb aytdi. Men:
«Allohga qasamki, buni Rasulullohga yetkazaman», deb u zotga bu narsalarning xabarini
berdim. U zotning yuzlari o‘zgarib, qizilga o‘xshab ketdi. So‘ngra: «Agar Alloh va rasuli
adolat qilmasa, boshqa kim adolat qiladi?» dedilar. Keyin: «Alloh Muso alayhissalomni
rahmatiga olsin, bundan ham ko‘p aziyat yetkazilganda sabr qilgandilar», dedilar. Men
esa qaytib bundan keyin Rasulullohga (s.a.v.) gap tashimayman, dedim». Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
43/19. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Alloh bir bandasiga
yaxshilikni xohlasa, azobini bu dunyodayoq berib qo‘yadi. Agar Alloh bandasiga
yomonlikni xohlasa, uning gunohini ushlab turib, Qiyomat bo‘lganda to‘la-to‘kis qilib
(jazosini) beradi. Ulug‘ mukofot katta narsa bilan balolanganlarga beriladi. Alloh taolo
biror qavmni yaxshi ko‘rsa, ularni balolantirib qo‘yadi. Kim bunga rozi bo‘lsa, u uchun
rozilik (yoziladi). Kim g‘azab qilsa, unga g‘azab (yoziladi)», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
44/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Talhaning bir o‘g‘li bor edi. U kasal edi.
Abu Talha (qaergadir) chiqib ketganida bola vafot etdi. Abu Talha qaytib kelib: «Bolaga
nima bo‘ldi?» dedi. Bolaning onasi Ummu Sulaym: «Avvalgi holatidan sokinlikdadir»,
dedi. Eriga kechki ovqatni keltirdi. U ovqatini tanovul qilib, so‘ngra shar’iy qovushishdi.
Undan forig‘ bo‘lganida «Go‘dakni ko‘mib kelinglar», dedi. Abu Talha tong otganida
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, bo‘lgan voqeaning xabarini berdi. Rasululloh
(s.a.v.) «Kechasi er-xotinlik aloqasi qildinglarmi?» dedilar. U: «Ha», deb javob qildi.
Rasululloh (s.a.v.) «Allohim, bu ikkovlariga baraka ber», deb duo qildilar. Xotin bir bola
tug‘di. Abu Talha Anasga: «Bolani ko‘tar, bu bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
borasan», deb xurmochalar ham qo‘shib berib yubordi. Rasululloh (s.a.v.) «U bilan birga
biror narsa bormi?» deganlarida, xurmochalar keltirildi. Rasululloh (s.a.v.) uni olib
chaynadilar-da, go‘dakning og‘ziga soldilar, so‘ngra tanglayini ko‘tarib, Abdulloh deb ism
qo‘ydilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriyning rivoyatlarida Ibn Uyayna aytdilar: «Ansoriylardan bo‘lgan bir kishi:
«Men to‘qqizta bolani ko‘rdim, ularning barchalari Qur’on o‘quvchi qorilar edi. Bular
o‘sha Abdullohning farzandlari edi», deb aytdi».
Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Abu Talhaning (r.a.) Ummu Sulaymdan bo‘lgan
bir o‘g‘li vafot etdi. Ummu Sulaym ahllariga: «Abu Talhaga o‘g‘li vafot etganini mendan
boshqa hech kim aytmasin», dedi. Abu Talha (r.a.) kelganida, xotini kechki ovqatni olib
keldi. Abu Talha (r.a.) undan yeb-ichdi. So‘ngra xotini o‘zini har galgidan chiroyli qilib
ko‘rsatdi. Buni ko‘rgan er beixtiyor shar’iy yaqinlik qildi. Qachonki, Ummu Sulaym
erining to‘yganini hamda xotinidan maqsadi hosil bo‘lganini ko‘rib: «Ey Abu Talha, agar
bir qavm omonatlarini bir hovliga qo‘ysalar va o‘sha omonatni keyin talab qilishsa, uni
bermaslikka haqlari bormi?» deganida, u «Yo‘q», dedi. Shunda xotini: «Unday bo‘lsa,
o‘g‘lingning (o‘limiga) savob umidida sabr qil», dedi. Abu Talha bundan g‘azablanib,
«Nega bu haqda menga aytmading, keyin nopok ham bo‘lib qoldim, endi bo‘lsa,
o‘g‘limning o‘limi xabarini beryapsan?» deb Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib bo‘lib
o‘tgan hodisa haqida xabar berdi. Rasululloh (s.a.v.) «Ana shu kechasi bo‘lgan
narsangizda Alloh baraka bersin», deb duo qildilar. U ayol (duo barakasidan) homilador
bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) safardaliklarida bu ayol ham birga edi. Rasululloh (s.a.v.) agar
safardan qaytib, Madinaga kelsalar, kechqurun ahllari huzuriga kirmasdilar. Madinaga
yaqinlashganlarida birdan u ayolni to‘lg‘oq tutib qoldi. Abu Talha xotini sababli to‘xtab
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |