Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir»



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» (Baqara surasi, 153-oyat); 
«Albatta Biz to sizlarning orangizdagi (Bizning yo‘limizda molu jonlari bilan) 
jihod qilguvchi va (yaxshi-yomon kunlarda) sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha 
sizlarni imtihon qilurmiz», (Muhammad surasi, 31-oyat), deb aytgan. 
25/1. Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» tarozuni to‘ldiradi. «Subhonallohi 
valhamdulillah» yer bilan osmon o‘rtasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir. 
Sabr ziyodir. Qur’on sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har kimsa tong ottirib 
nafsini savdo qiladi. Bu bilan uni ozod qiladi yoki halok qiladi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
26/2. Abu Said Sa’d ibn Molik ibn Sinon al-Xudriydan rivoyat qilinadi. Ansoriylardan 
bo‘lgan kishilar Rasululloh (s.a.v.)  dan (narsalar) so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.) ularga 
(so‘ragan narsalarini) berdilar. Keyin yana so‘rashdi. Ularga (so‘ragan narsalarini) 
berdilar. Hatto huzurlaridagi bor narsa tugadi. Va: «Biror yaxshi narsa bo‘lsa, men 
sizlardan darig‘ tutmayman. Kimki (tama’dan yiroq bo‘lib) o‘zini iffatli tutsa, Alloh uni 
ofiyatda qiladi. Kimki o‘zini hojatsiz qilsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi. Kimki bardoshli 
bo‘lsa, Alloh uni haqiqiy sabrli qilib qo‘yadi. Biror kishiga sabrdan ko‘ra ulug‘ va yaxshi 
narsa berilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
27/3. Abu Yahyo Suhayb ibn Sinondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Mo‘minning ishi ajablanarli, hayratomuzdir. Hamma ishi unga yaxshilik keltiraveradi. 
Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, ulardan boshqalarda unday emas. Agar unga xursand 
qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa 
yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
28/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ning o‘lim talvasasidagi 
og‘riqlari kuchayganida Fotima (r.a.): «Voy, otamni aziyat chulg‘ayapti», dedilar. Buni 
eshitgan Rasululloh (s.a.v.)  «Bu kundan keyin otangga g‘am, aziyat yo‘qdir», dedilar. 
Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida Fotima (r.a.): «Ey otajon! Parvardigor 
chaqirig‘iga labbay, dedingiz. Ey otajon! Firdavs jannati borar joyingizdir. Ey otajon! 
Jabroil alayhissalomga sizning o‘limingiz xabarini berurmiz», dedilar. U zot dafn 
qilinganlaridan keyin Fotima (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) ustilaridan tuproq sochib ham 
nafslaringiz xushnud bo‘laverdi-ya», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
29/5. Abu Zayd Usama ibn Zayd ibn Horisadan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish