80-BOB
Gunohga buyurishmasa, boshliqlarga itoat qilishning vojibligi, agar gunohga
buyurishsa, itoatda bo‘lishning haromligi to‘g‘risida
Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz va payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan
bo‘lgan (ya’ni musulmon) hokimlarga bo‘yinsuningiz» (Niso surasi, 59-oyat), deb
aytgan.
662/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir musulmon
kishi, agar gunohga buyurilmasa, boshlig‘ining so‘ziga, yaxshi ko‘rsa ham, yomon ko‘rsa
ham, eshitib itoat qilishi lozim. Agar bordiyu, gunoh bo‘lsa, eshitish ham, itoat qilish
ham yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
663/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.)ning aytgan so‘zlarini
eshitib, itoat etishga bay’at qilsak, u zot: «Agar toqatlaringiz yetadigan narsaga hukm
qilinsa», der edilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |