Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
77-BOB 
Shariat hurmat etgan narsalar behurmat qilinganida g‘azablanish 
va Allohning diniga yordam berib, himoya 
etishning fazilati to‘g‘risida 
 
Alloh taolo: 
«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori 
nazdida o‘zi uchun yaxshidir» (Haj surasi, 30-oyat). 
«Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida 
jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va (jang maydonida) 
qadamlaringizni sobit-barqaror qilur» (Muhammad surasi, 7-oyat), deb aytgan. 
648/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Men falon kishi uzun qiroat qilgani uchun 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
bomdoddan ortda qolaman», dedi. Rasulullohning (s.a.v.) o‘sha kungi 
g‘azablanganlaridek birorta mav’izada jahlilari chiqqanini ko‘rmaganman. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Ey insonlar! Sizlarning ba’zilaringiz odamlarni jamoatdan qochirar ekansizlar. 
Bundan keyin sizlardan qaysi biringiz imomlik qiladigan bo‘lsa, namozini qisqa qilsin. 
Chunki uning orqasida keksa yoshlilar, kichik yoshlilar va hojatmandlar bordir», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
649/2. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Men tokchalarimdan biriga yupqa parda tutib 
qo‘ygan edim. Uning suratlari bor edi. Rasululloh (s.a.v.) safardan kelib, nogahon unga 
ko‘zlari tushib qolib, yirtib tashladilar. Va (g‘azablari kelganidan) yuzlari o‘zgarib ketdi. 
Va u zot: «Ey Oisha, Qiyomat kuni Allohning huzurida hammadan ko‘p azoblanadigan 
kishi bir narsani yaratishda o‘zlarini Allohga o‘xshatgan kishilardir», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
650/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Maxzumiya qabilasidagi bir ayolning o‘g‘irlik 
qilgani qurayshliklarni g‘amga solib qo‘ydi. Shunda ular: «Kim Rasululloh (s.a.v.) bilan 
(u ayol jazosining ijro 
etilmasligi haqida) gaplashadi?» deyishganda, ba’zilari: «Usoma ibn Zayd borib 
gaplashadi. Chunki uni Rasululloh (s.a.v.) yaxshi ko‘radilar», deyishdi. Bas, Usoma (r.a.) 
shafe’lik qilib, bu haqda Rasululloh (s.a.v.) bilan gaplashganlarida, u zot (s.a.v.) 
«Allohning hadlaridan bo‘lgan bir hadda, ya’ni jazosida shafe’lik qilasanmi?» dedilar-da, 
o‘rinlaridan turib, quyidagicha xutba aytdilar: «Sizlardan oldingi ummatlarning halok 
bo‘lishlariga sabab, oralarida ulug‘ bir kishi o‘g‘irlik qilib qo‘ysa, jazoni tark qilishar, zaif, 
oddiy odam o‘g‘irlik qilsa, had (jazo) ijro etishar edi. Alloh nomiga qasamki, Muhammad 
qizi Fotima o‘g‘irlik qilsa, uning qo‘lini kesar edim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
651/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) masjidning qibla tomonida 
balg‘am ko‘rib qoldilar. Bu narsa u zotga juda og‘ir botdi. Hattoki uning asorati yuzlarida 
ko‘rindi. Bas, o‘rinlaridan turib, uni qo‘llari bilan ishqab ketkazdilar-da: «Sizlardan 
birortangiz namozda turadigan bo‘lsa, u namozda Rabbisiga murojaat qiladi. Rabbisi esa 
u bilan qibla orasida bo‘ladi. Shundoq ekan, sizlardan birortangiz qibla tomonga 
tupurmasin. Balki chap tomoniga yoki qadami ostiga tupursin», deb, keyin 
choponlarining bir tomoniga tupurdilar-da, uni bir-biriga ishqab: «yoki mana shundoq 
qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: Chap tomoni va oyog‘i ostiga tupurishi masjiddan tashqaridadir. Agar masjid 
ichida tupurishga majbur bo‘lib qolsa, choponining bir tarafiga tupurib, ishqab tashlasin. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish