Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
76
Alloh taolo:
«Agar
(iymondan)
yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik
qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz
(bilan ham aloqalaringiz)ni
uzursizlar. Unday
kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas, ularning
(quloqlarini pand-nasihat
eshitishdan)
kar, ko‘zlarini esa
(to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan)
ko‘r qilib
qo‘ygandir»
(Muhammad surasi, 22-23-oyatlar);
«Allohga bergan ahd-paymonlarini mustahkam bo‘lganidan keyin buzadigan,
Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg‘unchilik
qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun
(Allohning la’nati bo‘lur va ular
uchun eng yomon diyor - jahannam bordir)» (Ra’d surasi, 25-oyat);
«Parvardigoringiz yolg‘iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-
onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning
(ota-onangizning)
birovi
yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab
«uf» tortma va ularning
(so‘zlarini)
qaytarma! Ularga
(doimo)
yaxshi so‘z ayt!
Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut - xokisor bo‘l va:
«Parvardigorim, meni
(ular)
go‘daklik chog‘imda tarbiyalab-o‘stirganlaridek,
Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb
(haqlariga duo qil)!» (Isro surasi, 23-24-
oyatlar), deb aytgan.
337/1. Abu Bakra Nufay’ ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlarga kabira (ulkan) gunohlar haqida xabar beraymi?» deb uch marta so‘radilar. Biz:
«Ha, ayting, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda u zot: «Allohga biror narsani sherik
qilmoq, ota-onaga oq bo‘lmoq, - deb suyanib turgandilar, to‘g‘ri o‘tirib olib, - ogoh
bo‘linglar, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik bermoq»,
deb takrorlayverdilar, hatto biz:
«Qaniydi, jim bo‘lsalar-ku», deb umid qildik».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
338/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kabira
- ulkan gunohlar Allohga biror narsani sherik qilish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish,
yolg‘on qasam ichish», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
339/3. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kishi
ota-onasini so‘kmog‘i ulkan gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Kishi ota-onasini
ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«Ha, kishi birovning ota-onasini
so‘kadi. Keyin bu ham uning ota-onasini so‘kadi», dedilar. (Ya’ni, bu bilan u o‘z ota-
onasini so‘kkan bo‘ladi.)
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa
rivoyatda keltirilishicha, «Kishi ota-onasini la’natlamoqligi kabira - ulkan
gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, kishi o‘z
ota-onasini ham
la’natlaydimi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kishi boshqa kishining ota-onasini so‘kadi.
Keyin bu ham uning ota-onasini so‘kadi», dedilar.
340/4. Abu Muhammad Jubayr ibn Mut’imdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.)
«Aloqalarni uzuvchi jannatga kirmaydi», dedilar. Sufyon (r.a.) rivoyatlarida esa
«Qarindoshlik aloqalarini uzuvchi» bo‘lib kelgan.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
341/5. Abu Iso Mug‘iyra ibn Shu’badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Albatta Alloh taolo sizlarga onalarga oq bo‘lishni, berilishi shart bo‘lgan ehsonlarni
ushlab
qolishni, haqqi bo‘lmagan narsalarni talab qilishni, qiz bolalarni tiriklayin
ko‘mishni, tayini yo‘q zaif so‘zlarni gapirishni, ko‘p savol berishni hamda molni noo‘rin
joylarga sarf qilishni harom qildi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: