www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
afzali zolim podshoh huzurida aytilgan odil (haq) so‘zdir», dedilar. Abu Dovud va
Termiziylar rivoyati.
196/12. Abu Abdulloh Toriq ibn Shihob al-Bujaliy al-Ahmasiydan (r.a.) rivoyat
qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) (otlari) uzangiga oyoqlarini qo‘yib turganlarida, bir kishi
(kelib): «Jihodlarning qaysi biri afzal?» dedi. Shunda u zot: «Zolim podshoh huzurida
aytilgan haq so‘z», dedilar. Nasaiy sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
197/13. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bani Isroilga putur
yetib buzilishining birinchi sababi bir odam boshqa bir (yomon) kishiga yo‘liqib: «Ey
odam! Allohdan qo‘rq! Bu qilayotgan (yomon) ishingni tashlagin. Chunki bu halol
emasdir», deydi. Keyin ertasiga yana yo‘liqsa, u o‘sha (yomon) holatida bo‘ladi. Lekin u
bilan yemoq, ichmoq va o‘tirmoqdan o‘zini man qilmas edi (ya’ni, muomala qilib
yuraverar edi). Mana shunday qilib yuraverishganidan keyin Alloh taolo ularning
qalblarini bir-biriga urib (bir xil qilib) qo‘ydi. Bu haqda Alloh taolo:
«Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilida
la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor
bo‘lganlaridir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu
qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st
tutganlarini ko‘rasiz. Ularga nafsi-havolari naqadar yomon narsani - Allohning
g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qolguvchidirlar. Agar Allohga,
payg‘ambarga va unga nozil qilingan kitobga imon keltirganlarida edi, ularni -
kofirlarni do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz
kimsalardir»
(Moida surasi, 78-81-oyatlar), deb aytgan. Sizlarda bunday bo‘lmasin,
sizlar yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaringlar. Hamda zolimning qo‘lidan tutib, uni
haqqa egib turinglar va haqning ustida ularni mahkam to‘xtatib turinglar. Agar shunday
qilmasangizlar, Alloh qalblaringizni bir-biriga urib, bir xil qilib qo‘yadi. Va Bani Isroilni
la’natlanganidek sizlarni ham la’natlaydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Bu hasan isnodli bo‘lib, lafzi Abu Dovudnikidir. Termiziyning rivoyatlari lafzida
quyidagicha kelgan: «Rasululloh (s.a.v.): «Bani Isroil gunohlarga ko‘milib ketganida
ulamolari ularni gunoh qilishdan qaytardi. Lekin ular bundan o‘zlarini to‘xtatishmadi.
Qavm to‘xtamaganidan keyin ulamolari ham ular bilan bir majlisda o‘tirib, birga
ovqatlanib, ichib (aloqani uzmasdan aralishib) yuraverishdi. Alloh taolo ham ularning
qalblarini bir-biriga urib (bir xil qilib) qo‘ydi, ular isyon va haddan oshganliklari sababli
Dovud va Iso ibn Maryam payg‘ambarlar tilidan ularni la’natladi. Rasululloh (s.a.v.)
suyanib o‘tirgan holda, yo‘q, bunday bo‘lmang! Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan
Zotga qasamki, zolimlarni haqqa moyil qilib, unga ularni mahkam eginglar», deb
aytdilar».
198/14. Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey insonlar, sizlar
quyidagi oyatni o‘qiganmisizlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |