25-BOB
Omonatni ado etishga buyruq
Alloh taolo:
«Albatta, Alloh sizlarni omonatlarini o‘z egalariga topshirishga buyuradi»
(Niso surasi, 58-oyat);
«Albatta Biz bu omonatni
(ya’ni, Islom shariatidagi toat-ibodatlarni)
osmonlarga,
yerga va tog‘u toshlarga ro‘baro‘ qilgan edik, ular uni ko‘tarishdan bosh
tortdilar va undan qo‘rqdilar. Inson esa uni o‘z zimmasiga oldi. Darhaqiqat u
(o‘ziga)
zulm qilguvchi va nodon edi»
(Ahzob surasi, 72-oyat), deb aytgan.
200/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Munofiqning
alomati uchtadir. Agar so‘zlasa, yolg‘on gapiradi. Agar va’da bersa, unga xilof qiladi.
Agar omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Agar ro‘za tutib, namoz o‘qib, uning musulmon ekanini gumon
qilinsa ham...» deyilgan.
201/2. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) ikkita gap
aytdilar. Ularning birini ko‘rdim. Ikkinchisini (qachon bo‘lar ekan, deb) kutib turibman.
Avvalgisi - imon kishilar qalbining tubiga tushadi. Keyin Qur’on tushadi. Ular Qur’on va
sunnatni o‘rganadilar. Ikkinchisi - kishilardan imon ko‘tariladi. Odam biroz uxlaganida,
uning qalbidan imon ko‘tarilib, ozgina izi qoladi, xolos. So‘ngra yana biroz uxlasa, uning
qalbidan imon ko‘tarilib, uning izi qavarib ketganga o‘xshaydi. Buning misoli xuddi
oyog‘ingni cho‘qqa solsang, u shishib ko‘tarilganini ko‘rasan-u, lekin unda biror narsa
bo‘lmaganga o‘xshaydi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) oyoqlariga toshlarni misol uchun
tashladilar-da, so‘ngra quyidagilarni aytdilar: «Odamlar subhda turib, bir-birlari bilan
oldi-sotti qilishadi. Va omonatni ado qiladigan biror kishi topisha olmaydi. Hattoki,
ishonchli kishi qolmaganidan ahvol shu darajaga yetadiki, falon mahallada ishonchli kishi
bor yoki falon kishi aqlli, o‘tkir fikrli, subutli, deyiladi. Uning qalbida esa xantal urug‘i
misqolicha ham imon yo‘qdir». Huzayfa: «Mening ustimga shunday zamon keldiki, men
kim bilan oldi-sotti qilsam, parvo qilmas edim. Agar musulmon bo‘lsa, menga xiyonat
etishidan uning dini to‘sardi. Agar nasroniy yoki yahudiy bo‘lsa, menga xiyonat qilishidan
uning boshlig‘i to‘sardi. Ammo bugungi kunda falonchi va falonchidan tashqari boshqa
hech kim bilan oldi-sotti qila olmayman», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |