www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
o‘rnidan turib: «Go‘yoki uni ko‘rib turgandayman, ey Allohning rasuli, mendan
iste’foimni qabul qilib oling», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Senga nima bo‘ldi?»
degandilar, u kishi: «Sizning unday va bunday deb aytganingizni eshitdim-ku axir»,
dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Hozir yana qaytarib aytaman. Kimni biror ishga boshliq qilsak,
ozi va ko‘pini (yashirmay) olib kelsin. Nimani bersak, uni olsin. Nimadan qaytarsak, uni
olishdan o‘zini tiysin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
217/14. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xaybar urushi bo‘lgan kuni
Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalaridan bir necha nafari «Falonchi shahid va pistonchi ham
shahid», deb bir kishining oldidan o‘tayotib: «Bu falonchi ham shahiddir», deyishganida,
Rasululloh (s.a.v.) «Yo‘q! Bunday emas. Chunki o‘lja taqsimlanmasidan oldin bir to‘n
yoki bir kiyimni yashirgani sababli uni do‘zaxda ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
218/15. Abu Qatoda Horis ibn Rib’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
sahobalar orasida turib, Allohga imon keltirish va Alloh yo‘lida jihod qilish amallarning
eng afzali ekanini aytganlarida, bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning rasuli, agar
Allohning yo‘lida urushsam, xatolarim o‘chirib yuboriladimi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ha, agar sabr qilib, savob umidida olg‘a yurib, orqaga chekinmasdan Alloh yo‘lida
urushadigan bo‘lsang», deya turib: «Nima deb aytding?» dedilar. Haligi kishi yana:
«Agar Allohning yo‘lida urush qilsam, xatolarim o‘chirib yuboriladimi?» deb aytgan edi,
Rasululloh (s.a.v.) «Ha, agar sabr qilib, savob umidida olg‘a yurib, orqaga chekinmasdan
urushsang, qarzingdan tashqari barcha xatolaring o‘chiriladi. Chunki Jabroil alayhissalom
menga mana shunday xabar berganlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
219/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Singan kishi
kimligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Bizdagi singan kishi tushunchasi puli va
matosi yo‘q kimsadir», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening ummatimdagi singan kishi
Qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan keladi-da, lekin uni so‘kkan, buni zinoda
ayblagan, birovning molini yegan, qonini to‘kkan hamda urgani sababli unga va bunga
(ya’ni, yuqoridagi mazlumlarning barchasiga) yaxshiliklari ulashib beriladi. Agar
yaxshiligi zimmasidagi haqni ado qilmasdan oldin tugab qolsa, u holda haqdorlarning
yomonliklaridan uning ustiga tashlab, so‘ngra jahannamga uloqtiriladi», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
220/17. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men ham bir
insondirman. Sizlar mening huzurimga xusumatlashib kelasizlar. Balki ba’zingiz
ba’zingizdan ko‘ra so‘zga ustaligi sabab hujjatini tushunarli qilib ko‘rsatar. Men esa
qanday eshitgan bo‘lsam, o‘shanga qarab hukm qilaman. Kimga birodarining haqqini
hukm qilsam, do‘zaxdan bir parchasini hukm qilgan bo‘laman», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
221/18. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min kishi agar
nohaq qon to‘kmasa, dinida keng holda yashashda bardavom bo‘ladi», deb aytdilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
222/19. Hamzaning (r.a.) xotinlari Xavla binti Omir al-Ansoriyyadan rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.): «Kishilar Allohning molida nohaq tasarruf qilishar ekan, bas, ularga
Qiyomat kuni do‘zax bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |