Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
«Sadaqa oyati nozil bo‘lganida, biz orqamizda yuk tashib (undan tushgan pulni sadaqa
qilar edik). Bir kishi kelib ko‘p narsa sadaqa qildi. Kishilar uni riyokor, deyishdi. Boshqa
bir kishi kelib bir so’ narsa sadaqa qildi. Kishilar: «Alloh bu bir so’ narsadan behojatdir!»
deb aytdilar. Shunda quyidagi oyat nozil bo‘ldi:
«Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi
bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va
(infoq-ehson qilish uchun)
kuchlari yetgan
narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh
masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir»
(Tavba surasi, 79-oyat)».
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
111/17. Said ibn Abdulaziz Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan,
u Abu Zarr
Jundub ibn Junodadan 4&, u Rasululloh (s.a.v.)dan, Rasululloh (s.a.v.) Alloh taboraka va
taolodan quyidagilarni rivoyat qildilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim, O’zimga zulmni
harom qildim va uni oralaringizda ham harom qildim. Bas, bir-birlaringizga zulm
qilmanglar. Ey bandalarim, barchangiz zalolatdasiz. Faqatgina
Men hidoyat qilganlargina
to‘g‘ri yo‘ldadir. Shunday ekan, hidoyatni Mendan talab qilinglar. O’zim sizlarni hidoyat
qilaman. Ey bandalarim, barchangiz ochdirsiz. Faqatgina Men taomlantirganlargina
bunday emas. Bas,
shunday ekan,
Mendan taom talab qilinglar, sizlarni (O’zim)
taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalang‘ochdirsiz. Faqatgina Men
kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni (O’zim)
kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kecha-yu kunduz xato qilasizlar. Men esa
gunohlaringizning barchasini kechiraman. Bas, shunday ekan, Mendan istig‘for talab
qilinglar, sizlarning gunohingizni (O’zim) kechiraman. Ey bandalarim, Menga zarar
bermoqchi bo‘lsangiz, hargiz zarar bera olmaysiz. Va Menga foyda bermoqchi bo‘lsangiz
ham, hargiz foyda bera olmaysiz. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins
va jinlaringiz taqvoli qalb kishisi bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib qolmaydi.
Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz
fojir qalb kishisi
bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringiz
va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz bir tepalikda turib Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi
so‘ragan narsasini bersam ham, huzurimdagi biror narsa kamaymaydi.
Faqatgina
dengizga ignani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik ozayadi, xolos. Ey
bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men amallaringizni hisoblab saqlab qo‘yaman.
Keyin uni mukammal qilib topshiraman. Kimki uning yaxshisini topsa, Allohga hamd
aytsin. Kimki bundan boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi».
Said aytdilar: «Abu Idris agar mana shu hadisni gapirsalar, tiz cho‘kib o‘tirardilar».
Imom Muslim rivoyatlari.
Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Shom ahliga mana shu hadisdan ko‘ra sharafliroq
hadis yo‘qdir», deb aytganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: