Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
211
Bu bobimizga ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis va Abdulloh ibn Mug‘affaldan
rivoyat qilingan 1098-hadislar dalil qilingan.
(Bizning Hanafiya mazhabimizda xuftonni farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi.
Tarj...)
203-BOB
Jumaning sunnati haqida
Bu bobimizga Ibn Umardan rivoyat qilingan 1097-hadis ham dalil bo‘ladi.
1125/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Qachon sizlardan
biringiz juma namozini o‘qisa, orqasidan to‘rt rakat namoz o‘qisin», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
1126/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
juma namozidan keyin
masjidda hech bir namozni o‘qimas edilar. Faqat uylariga borib, ikki rakat namoz
o‘qirdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
(Rasululloh (s.a.v.) jumadan keyin ikki yoki to‘rt rakat uylarida o‘qirdilar. Hanafiya
mazhabidagilar Rasulullohning
jumaning farzidan oldin ham, keyin ham to‘rt rakat
sunnat o‘qiganlaridagi hadisni ixtiyor qilishgan. - Tarj)
204-BOB
Nafl namozlarini xoh ta’kidlangani, xoh boshqasi bo‘lsin, uyda
o‘qishning mahbubligi hamda farz o‘qigan yeridan boshqa joyda
nafl o‘qishga yoki ikkovining orasini gaplashish bilan
ajratishga buyurish haqida
1127/1. Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ey insonlar,
uylaringizda ham namoz o‘qinglar. Chunki kishining farz namozlaridan tashqari eng afzal
namozi uyda o‘qigan namozidir. Lekin farz namozlarini masjidda o‘qish afzaldir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda:
Nafl namozlarini uyda o‘qishning mahbubligi ayon bo‘lmoqda. Chunki shunday
qilish
riyodan uzoqlashtirib, xonadonga baraka olib kelishga sabab bo‘ladi.
1128/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ba’zi namozlaringizni
uylaringizda ham o‘qib turinglar. Uylaringizni qabriston qilib olmangizlar (ya’ni hech
qanday amal qilish mumkin bo‘lmagan qabriston kabi qilib olmanglar)», deb aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1129/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlardan birortangiz
masjidda namoz o‘qib bo‘lsa, uyidagi namozdan bo‘lgan nasibasini ham qoldirsin. Chunki
Alloh taolo uydagi namozidan xonadonidagilarga yaxshilik ato qiladi», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
1130/4. Umar ibn Atodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nofe’ ibn Jubayr (r.a.)
bu zotni Soib
ibn Uxti Namir (r.a.) huzurlariga Muoviyaning namozlari haqidagi fikrlarini so‘rab
kelishga yubordilar. Soib (r.a.): «Haqiqatda men Muoviya bilan masjidning yonidagi
xonada juma namozi o‘qidim. Imom salom berib namozni tugatganida, men joyimda
namozning qolganini o‘qidim.
Muoviya kirib, menga bir odamni yuborib: «Bu qilgan
ishingni takrorlama. Agar jumani o‘qib bo‘lsang, to biror kishi bilan gaplashmaguncha
yoki u yerdan chiqib ketmaguncha, namozni o‘qimagin. Chunki Rasululloh (s.a.v.)
biror
kishi bilan gaplashilmaguncha yoki u yerdan chiqib ketilmaguncha namozni boshqa
namozga ulamaslikka buyurdilar», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Foyda:
Farz namozlari bilan nafl va bundan boshqa namozlarni orasini, so‘zlashish
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: