Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi 70530402 – Geografiya (o'rganish ob'ekti bo'yicha) mutaxassisligi 1-kurs magistranti Xudoyorov Jumaning 2021-yil sentabr oyi hisoboti
Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi 70530402 – Geografiya (o'rganish ob'ekti bo'yicha) mutaxassisligi 1-kurs magistranti Xudoyorov Jumaning 2021-yil sentabr oyi HISOBOTI 2021-2022 o`quv yilining birinchi yarmi uchun berilgan o`quv rejasi asosida tuzilgan dars jadvali bo`yicha mashg`ulotlarda sentabr oyi davomida to`liq qatnashdim. O’quv yili boshlangandan so’ng Geografiya kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan hozirgi kunda geografiya fanining o’rganilishi kerak bo'lgan soha bo’yicha magistrlik dissertatsiya mavzulari taqdim etilib, rahbar tayinlandi.
Darsdan tashqari vaqtlarda Geografiya kafedrasidagi ba’zi bir me’yoriy hujjatlar bilan tanishib bormoqdaman. Pedagogik tajribamni oshirish maqsadida kafedra professor–o`qituvchilari, dots. H.Abdunazarov va boshqa o`qituvchilarning darslariga kirib, dars o`tish metodikasi bo`yicha malakamni oshirishga harakat qildim va tahlil qildim.
Ilmiy rahbar: dots. K.Gadoyev
Magistr: J.Xudoyorov
Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi 70530402 – Geografiya (o'rganish ob'ekti bo'yicha) mutaxassisligi 1-kurs magistranti Xudoyorov Jumaning 2021-yil oktabr oyi Hisoboti Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi Magistratura to’g’risidagi Nizomga ko’ra, Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida professor-o’qituvchilari tarkibi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari tomonidan shakllantiriladi. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga ko’ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag’ishlanadi. Shunga muvofiq o’z izlanishlarim va qiziqishlarim bo’yicha “Mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyti shaharlari aholisi” mavzusini tanladim. Mavzuim bo’yicha rahbarimdan tegishli ko’rsatmalarni olib, kerakli adabiyotlar bilan tanishib chiqdim. Bundan tashqari dissertatsiya mavzuim hozirgi kunda geografiya fanining eng dolzarb muammolarini qamrab olganligi va iqtisodiy jihatdan ahamiyati katta bo’lganligi uchun shunga doir ma’lumotlarni yig’dim.
Shuningdek, ilmiy rahbarim bilan birgalikda mavzuim yuzasidan kerakli ko’rsatmalar bilan tanishib, qaysi yo’sinda yondashishim kerakligi haqida maslahatlashdik.
Oktabr oyida magistr talabaning shaxsiy papkasini shakllantirish bo’yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etdim:
- Shaxsiy kalendar ish reja
- Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrli dissertatsiyasini tayyorlash kundaligi
- Ilmiy-pedagogik ish kundaligi va bshqa hujjatlar jamlanmasi.
Shuningdek ilmiy rahbarim dissertatsiya mavzuim bo‘yicha o’rganilishi kerak bo’lgan ilmiy adabiyotlar ro’yxatini tuzib berdi. Men bir qancha adabiyotlarni o‘rganib chiqdim, ularni ilmiy rahbarim bilan tahlil qildik. Shundan so’ng magistrlik dissertatsiyasining annotatsiya, bob va paragraf qismlarini shakllantirdik.
Ilmiy rahbar: dots.K.Gadoyev
Magistr: J.Xudoyorov