Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
110
kosasiga o‘tqazib qo‘ydilar. Va qovurg‘alaridan birini olib, tirab qo‘ydilar. Keyin katta 
tuyani egarlab, uning ostidan o‘tkazdilar (u tuya o‘tib ketdi). Biz uning go‘shtidan 
quritib, yo‘lga olib ketdik. Qachonki Madinaga yetib kelib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
kirib, bu jonivor haqida zikr qilganimizda, u zot: «Bu Allohning sizlarga yuborgan 
rizqidir», deb: «O’sha go‘shtdan o‘zinglar bilan olib kelgan bo‘lsanglar, menga ham 
beringlar», dedilar. Biz o‘sha go‘shtdan Rasulullohga (s.a.v.) yuborganimizda, u zot 
undan yedilar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
518/29. Asmo binti Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) ko‘ylaklarining 
yengi bilaklarigacha, ya’ni kaftlari bilan bilaklari o‘rtasigacha edi», dedilar. Abu Dovud va 
Termiziy rivoyatlari. 
519/30. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Handaq kuni chuqur qaziyotganimizda 
qattiq yeri chiqib qoldi. Sahobalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Bu yerning 
qattiq joyi chiqib qoldi», deyishganida, u zot: «Men o‘zim tushaman», dedilar. So‘ngra 
o‘rinlaridan turganlarida qorinlariga tosh bog‘langan edi. (Rasululloh (s.a.v.) ovqat topa 
olmay shundoq qilardilar). Biz uch kun biror narsa totimagan edik. U zot cho‘qmorni 
olib, haligi qattiq yerni u bilan urgandilar, u qumga aylanib maydalanib ketdi. 
Shunda men: «Ey Allohning Rasuli, uyimga borishga ijozat bering», dedim. Keyin 
uyimga borib xotinimga: «Bugun Rasulullohda (s.a.v.) bir holatni ko‘rdimki, unga hech 
ham chidab bo‘lmaydi. Sening huzuringda biror yegulik bormi?» desam, xotinim: 
«Menda arpa va echki bor», dedi. Men o‘sha echkini so‘ydim va arpani maydalab, un 
qildim. Hamda go‘shtni qozonga soldim. Keyin xamir ko‘pib, o‘choqdagi qozon taomi 
pishay, deganida, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: «Ey Allohning Rasuli! Men ozgina 
taom tayyorlagan edim. O’zlari va bir-ikki kishini olib, qadam ranjida qilsalar», dedim, u 
zot: «Taoming qancha?» dedilar. Men uning miqdorini aytdim. U zot: «Yaxshi, ko‘p 
ekan. Sen xotiningga aytgin. Biz borgunimizcha qozondagi ovqatni suzmasin. Va 
tandirdagi nonni uzmasin», deb, sahobalariga «Turinglar», deb aytdilar. O’sha joydagi 
muhojir va ansoriylar turishdi. Men xotinim huzuriga kirib: «Alloh senga rahm qilsin! 
Rasululloh (s.a.v.), muhojirlar, ansoriylar va ular bilan birga bo‘lgan kishilar bu yerga 
kelishdi», desam, xotinim: «Rasululloh (s.a.v.) sendan nima borligini so‘radilarmi?», 
degan edi, men: «Ha», dedim. Rasululloh (s.a.v.) sahobalariga: «Kiringlar, 
siqilishmasdan o‘tiringlar», deb, nonni sindirib, ustiga go‘sht qo‘yib, qozon va tandirning 
ustini yopib qo‘yardilar. Agar undan biror narsa olsalar, mana shundoq non sindirib, 
ovqatdan suzishda bardavom bo‘ldilar. Hattoki to‘yib, taomlaridan ortib ham qoldi. 
Rasululloh (s.a.v.) «Bundan o‘zing ham yegin va hadya ham qilgin. Chunki odamlarga 
ochlik yetdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda Jobir (r.a.) quyidagicha so‘zladilar: «Chuqur qazilgan kuni 
Rasulullohni (s.a.v.) och holda ko‘rdim. Keyin xotinim oldiga borib: «Senda yegulik biror 
narsa bormi? Chunki men Rasulullohning (s.a.v.) qattiq och qolganlarini ko‘rdim», 
desam, xotinimda, xaltada bir so’ arpa bor ekan, uni olib chiqdi. Va uyimizda bir jonivor 
bor ekan, uni so‘ydim. Xotinim arpani maydalab, un qildi. Men go‘shtni qozonga solib, 
keyin Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadim. Xotinim esa: «Rasululloh (s.a.v.) bilan 
birga ko‘pchilikni olib kelib, meni sharmanda qilib qo‘ymang», deb qoldi. U zot 
huzurlariga kelib, sekin past ovozda: «Ey Allohning Rasuli, biz bir jonivor so‘yib hamda 
bir so’ arpani maydalab, un qilib taom hozirlagan edik. O’zingiz va siz bilan birga bir 
necha nafar kishi qadam ranjida qilsanglar», desam, u zot baland ovozda: «Ey Handaq 
ahllari, kelinglar, birodaringiz Jobir sizlarga ziyofat uyushtiribdilar», dedilar. Keyin u zot 
menga: «Biz borgunimizcha qozondagi taomni suzmanglar va xamirlaringizni non qilib 
pishirmanglar», dedilar. Keyin men uyga keldim. Rasululloh (s.a.v.) ham, kishilar ham 
yetib kelishdi. Men xotinim oldiga kirsam, u: «Siz undoq, siz bundoq», deya gapira 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish