Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
111
boshladi. Men: «Sen menga nima degan bo‘lsang, uni Rasulullohga (s.a.v.) aytdim», 
dedim. Xotinim xamirni olib kelganida, Rasululloh (s.a.v.) unga tuflab va baraka tilab, 
duo qildilar. Keyin qozon oldiga borib, unga ham tuflab, baraka tilab, duo qildilar. Keyin 
u zot xotinimga: «Sen non yopuvchi bir xotinni chaqirib kel, sen bilan non yopsin. 
Qozondan taomni suzib tur. Lekin qozonni o‘choq tepasidan tushirmagin», dedilar. Jobir 
(r.a.): «O’sha kuni tashrif buyurgan sahobalar ming nafar edi. Allohga qasamki, 
barchalari to‘yib yeb, hattoki undan qoldirib ketishdi. Qozonimiz avvalgidek qaynar va 
xamirimiz avvalgidek non qilib pishirilar edi», dedilar. 
520/31. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Abu Talha xotinlari Ummu Sulaymga: 
«Bugun men Rasulullohning (s.a.v.) ovozlarini zaif holatda eshityapman. Menga ma’lum 
bo‘ldiki, u zotda ochlik asorati bordir. Sening huzuringda yegulik biror narsa bormi?» 
deganlarida, Ummu Sulaym: «Ha», deb, arpadan tayyorlangan non berib, o‘zlaridan 
bitta ro‘molni chiqarib, nonning yarmini o‘rab, so‘ngra kiyimimni tagiga qo‘yib, qolgan 
yarmini o‘zimga berdilar. Anas (r.a.): «Keyin meni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
yubordilar. Men borsam, Rasululloh (s.a.v.) masjidda namoz o‘qib o‘tirgan ekanlar. U zot 
bilan odamlar ham bor edi. Men ham ular oldiga borsam, u zot: «Seni Abu Talha 
jo‘natdimi?», dedilar. Men: «Ha», dedim. «Taom uchunmi?» degandilar, men: «Ha», 
dedim. Rasululloh (s.a.v.) atrofdagilarga: «Yuringlar» degandilar, ular birga yo‘lga 
ravona bo‘lishdi. Men ham ularning oldilarida yurib keldim. Qachonki Abu Talhaning 
oldilariga kelib, ular yetib kelishgani xabarini berganimda, Abu Talha xotinlari Ummu 
Sulaymga: «Rasululloh (s.a.v.) odamlar bilan kelayotgan ekanlar. Bizda esa yegulik 
narsa yo‘qdir», degandilar, Ummu Sulaym: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi», 
dedilar. Keyin Abu Talha Rasululloh (s.a.v.) istiqbollariga chiqib, birga uyga kirishdi. 
Rasululloh (s.a.v.) «Ey Ummu Sulaym, o‘zingizdagi yegulik nima bo‘lsa, keltiring», 
dedilar. Ummu Sulaym Anasdan (r.a.) berib yuborgan haligi nonni olib keldilar. 
Rasululloh (s.a.v.) buyuruvdilar, non ushatildi. Va Ummu Sulaym teridan tayyorlangan 
yog‘ idish olib kelib, undan asal va yog‘ aralashtirilgan nonxo‘rak siqib chiqardilar. Keyin 
Rasululloh (s.a.v.) unga nimalarnidir o‘qidilar-da: «O’n kishining kirishiga izn beringlar», 
dedilar. Ularga izn berilgan edi, undan yeb, to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana: 
«O’n kishining kirishiga izn beringlar», dedilar. Ularga ham izn berilgan edi, undan yeb, 
to‘yib u yerdan chiqib ketishdi. Keyin yana: «O’n kishining kirishiga izn beringlar», 
dedilar. Hattoki qavmdagi barchalari yeb to‘yishdi. O’shanda ular yetmish yoki sakson 
kishi edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «O’n kishi kirib va chiqishida bardavom bo‘lishdi, hattoki hech bir 
kishi qolmasdan hammalari kirib, yeb, to‘yib chiqib ketishdi. So‘ngra ovqatlangandan 
keyin qolgan ovqatni to‘plashgandi, avval qandoq bo‘lsa, shundoqligicha edi», deyilgan. 
Yana boshqa rivoyatda: «O’n kishi-o‘n kishidan kirib yeyishdi, hattoki sakson kishi 
mana shu tarzda yeb to‘yishdi. So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) va oilalari ham undan yeb 
to‘yishganidan keyin ham ortib qoldi», deyilgan. 
Yana boshqa bir rivoyatda: «Ular qo‘shnilarigacha orttirib yetadigan darajada 
yeyishdi», deyilgan. Anasdan (r.a.) qilingan rivoyatda: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga borsam, u zot sahobalar bilan birga o‘tirgan ekanlar. Va o‘sha payt 
qorinlarini belbog‘ bilan tang‘ib olibdilar. Men sahobalarning ba’zilaridan: «Nima uchun 
Rasululloh (s.a.v.) qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlar?» desam, ular: «Ochlikdan», 
deb aytishdi. Men Ummu Sulaym binti Milhonning eri Abu Talha (r.a.) huzurlariga borib: 
«Ey otajon! Men Rasulullohning (s.a.v.) qorinlarini belbog‘ bilan bog‘lab olganlarini 
ko‘rib, ba’zi sahobalardan nima uchun bu zot bunday qilib olganlar desam, ular: 
«Ochlikdan», deb aytishdi», desam, otam Abu Talha onamning oldiga kirib: «Huzuringda 
biror narsa bormi?» degandilar, onam: «Ha, non burdalari va xurmolar bor. Agar 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish