www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
podshohni hurmat qilish bilan Allohni hurmat qilgan bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
355/8. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan qilgan rivoyatlarida
aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Kichiklarimizga rahm-shafqat qilmagan va
kattalarimizning sharafini bilmagan kishi bizdan emas», deb aytdilar. Abu Dovud va
Termiziy rivoyatlari.
Abu Dovud rivoyatlarida «kattalarimizning sharafi» o‘rniga «kattalarimizning haqqi»
bo‘lib kelgan.
356/9. Maymun ibn Abu Shabibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oishaning (r.a.) oldilaridan
bir tilanchi o‘tib qoldi. Unga bir bo‘lak non berdilar. Keyin kiyingan chiroyli qiyofadagi
boshqa kishi o‘tib qoldi. Bu kishini o‘tqazib oldiga taom qo‘ydilar. Shunda Oishadan (r.a.)
bu haqda so‘ralganida, Oisha (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.): «Kishilarni o‘z o‘rinlariga
o‘tqazinglar», deganlar», deb javob qildilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Abu Dovud: «Maymun Oisha bilan ko‘rishmaganlar», deganlar.
Imom Muslim «Sahih» kitoblarining avvalida ta’liq holatda Oishadan (r.a.)
quyidagilarni rivoyat qildilar: «Rasululloh (s.a.v.) bizga odamlarni o‘z joylariga
o‘tqazmoqni buyurdilar».
Imom Hokim «Ma’rifatu ulumul hadis» nomli kitoblarida bu hadisni sahih, deganlar.
357/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn jiyani Hurra ibn
Qaysnikiga mehmon bo‘lib tushdi. Jiyani Hurra ibn Qays Umarning (r.a.) yaqin
a’yonlaridan biri edi. Umarning (r.a.) hamsuhbat va maslahatchilari xoh o‘rta yosh, xoh
yigit bo‘lishsin, qorilardan edi. Uyayna ibn Hisn jiyaniga: «Ey akamning o‘g‘li, bu
amirning huzurida sening hurmating bor. Menga uning oldiga kirishga izn olib ber»,
deganida, u izn so‘radi. Umar (r.a.) uning kirishiga ruxsat berdilar. Uyayna ibn Hisn u
zot huzurlariga kirib: «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga ko‘p narsa bermaysiz.
Odillik bilan hukm qilmaysiz», deganida, Umar (r.a.) g‘azablanib, hatto uni urmoqlikka
ham qasd qildilar. Shunda Hurra: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo
payg‘ambariga: «Avfni oling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan.
Bu kishi o‘sha johillardandir», dedi. Allohga qasamki, Hurra bu oyatni o‘qiganida u zot
bundan o‘tib ketmadilar. Chunki Umar (r.a.) Allohning kitobida kelgan narsada
to‘xtardilar (ya’ni, unga amal qilardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari.
358/11. Abu Said Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)
zamonlarida yosh bola edim. Bu zotdan ko‘p narsalarni yod olar edim. Bu zotning
huzurlarida gapirishdan meni faqatgina yoshi kattalar borligi man qilar edi, xolos».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
359/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir yosh yigit
qariyani yoshi kattaligi uchun hurmat qilsa, Alloh taolo ham bu yigitga yoshi
ulg‘ayganida hurmat qiluvchi kishini yuborishni taqdirga bitadi», dedilar. Imom Termiziy
bu hadisni rivoyat qilib, g‘arib, dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |