Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
boshqalardan ko‘ra ularni e’zozlash, martabalarini
ko‘tarib, buni boshqalarga bildirish haqida
Alloh taolo:
«Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?! Darhaqiqat,
faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar»
(Zumar surasi, 9-oyat), deb aytgan.
348/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Badriy al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.): «Qur’oni karimni hammadan yaxshi o‘qiydigan kishi qavmning imomi
bo‘lsin. Agar bunda barobar bo‘lishsa, sunnatni yaxshi biluvchilari imom bo‘lsin. Agar
bunda ham barobar bo‘lishsa, oldin hijrat qilgani imom bo‘lsin. Agar bunda ham barobar
bo‘lishsa, yoshi kattasi imom bo‘lsin. Hargiz kishining riyosatida boshqa bir kishi imom
bo‘lmasin. (Ya’ni, boshliqning o‘zi imom bo‘lsin.) Va birovning uyida o‘ziga xos bo‘lgan
joyiga iznsiz o‘tirmasin», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida «yoshi kattasi», degan so‘zning o‘rniga «avval
Islomga kirgani» bo‘lib kelgan.
Boshqa bir rivoyatda: «Allohning kitobini hammadan yaxshi o‘qib, qiroatni avval ta’lim
olgan kishi qavmga imom bo‘ladi. Agar qiroatlari barobar bo‘lsa,
avval hijrat qilganlari
bo‘ladi. Agar hijratda ham barobar bo‘lishsa, yoshi kattasi imom bo‘ladi», deyilgan.
349/2. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr ibn al-Badriy al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
«Rasululloh (s.a.v.) namoz (oldidan) yelkalarimizni ushlab: «Barobar turinglar. Har turli
bo‘lib turmanglar. Qalblaringiz ham har turli bo‘lib qoladi. Menga balog‘atga yetgan
aqllilaringiz yaqin tursin. Keyin aqlda ularga yaqinlari tursin. So‘ngra ularga yaqinlari
tursin», deb aytardilar».
Imom Muslim rivoyatlari.
350/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Balog‘atga
yetgan aqlli kishilar menga yaqin tursin. Keyin aqlda ularga yaqinlar»,
deb uch marta
aytib, so‘ngra: «Bozordagi g‘ala-g‘ovur va fitnalardan saqlaninglar», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
351/4. Abu Yahyo Sahl ibn Abu Hasma al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abdulloh
ibn Sahl va Muhayyisa ibn Mas’ud ikkovlari Xaybarga borishdi. O’sha paytda Xaybar sulh
holatida edi. Ikkovlari bir-birlaridan ajrashib yo‘llariga ravona bo‘lishdi. Qachonki,
Muhayyisa
Abdullohning huzuriga kelsa, Abdulloh o‘lik holatda qonga belanib yotibdi.
Bas, Muhayyisa Abdullohni dafn qildi. Va Madinaga keldi. Keyin Abdullohning inisi
Abdurahmon ibn Sahl va Muhayyisaning ikki o‘g‘li Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
borishdi. Abdurahmon Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida gapira boshlagan edi, u zot:
«Yoshi
kattangiz gapirsin, yoshi kattangiz gapirsin», dedilar. Keyin u yoshi kichik jim
bo‘ldi va ikki yoshi katta so‘zlay boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«O’zingizning
haqligingizni qotilga isbotlab bera olasizlarmi?» dedilar... (Hadisning qolgani oxirigacha
zikr qilingan.)
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
352/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud g‘azotida vafot
etganlarning ikkitasini bir qabrga qo‘yardilar. Keyin: «Bularning qaysi biri Qur’ondan
ko‘proq yod olgan?» deb so‘rardilar. Agar
ulardan biriga ishora qilinsa, o‘shani avval
lahad (qabr)ga qo‘yardilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
353/6. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Men tushimda
ko‘rdimki, bir misvok bilan og‘zimni tozalayotgan emishman. Shu payt ikki kishi mening
huzurimga keldi. Ularning biri ikkinchisidan yoshi katta edi. Men misvokni kichigiga
uzatdim.
Shunda menga kattasiga bergin, deyildi. Men uni kattasiga berdim», dedilar.
Imom Muslim musnad holda va Imom Buxoriy ta’liq holda rivoyat qilishgan.
354/7. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Soqoli oqargan
musulmonni, Qur’onga amal qilib, uni doim tilovat qilib yuruvchi qorini hamda odil