www.ziyouz.com
kutubxonasi
257
undan yeb to‘yishdi. Va oldingidan ham taomlari ko‘payib qolgan edi». Abu Bakr (r.a.)
taomga boqib xotinlariga qarata: «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari:
«Ko‘zimning quvonchi haqqi! Bu taom avvalgi holatiga qaraganda uch barobar ko‘pdir»,
dedi. Abu Bakr (r.a.): «Ana shu taomdan yemayman, deb qasam ichishim
shaytondandir», dedilar. So‘ngra undan bir luqma yedilar. Keyin Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga olib bordilar. U taom Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tonggacha turdi. (Yana
Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) aytadilar): «Shu kunlarda biz bilan bir qavm o‘rtasida
shartnoma bo‘lib, uning muddati tugagan edi. O’sha yerdagilar o‘n ikkiga bo‘lindik. Har
birimiz bilan bir qancha kishi bor edi. Qancha odam borligini Alloh biladi. O’shalarning
hammasi u taomdan yeyishdi».
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Abu Bakr (r.a.) u ovqatdan yemayman, deb qasam
ichdilar. Xotinlari ham yemayman, deb qasam ichdi. Mehmonlar ham (xonadon sohiblari)
yeyishmaguncha yemaymiz, deb qasam ichishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu qasam
shaytondandir», deb ovqatni olib kelishni buyurdilar. Qachonki, ovqat olib kelinganida,
undan yedilar. Ular ham yeyishdi. Biror luqma olinsa, ostidan ko‘payib ziyodalashaverar
edi. Abu Bakr (r.a.): «Ey bani firoslik, bu nima?» deganlarida, xotinlari: «Ko‘zimning
quvonchi haqqi! Hozir bu taom yeganimizning avvalgi holatidan ham ko‘paygandir»,
dedi. Ular bu taomdan yeyishdi. Hamda Rasulullohga (s.a.v.) bundan yubordilar. Va
Rasululloh (s.a.v.) undan yeganlarini zikr qildilar.
Boshqa rivoyatda aytilishicha esa, Abu Bakr (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonga:
«Mehmonlaringni uyga olib borgin. Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga boraman. Men
bormasdan mehmonlarning ovqatlarini bergin», dedilar. Abdurahmon mehmonlarni olib
kelib uydagi taomni keltirdi va: «Bundan yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon sohibi
qani?» deyishdi. Abdurahmon yana: «Olinglar, yenglar», dedi. Mehmonlar: «Xonadon
sohibi kelmaguncha yemaymiz», deyishdi. Abdurahmon: «Ziyofatlaringizni bizdan qabul
qilib olinglar. Chunki xonadon sohibi kelsalar, sizlar ovqatlanmaganingizni ko‘rib
g‘azablari keladi», deganida, mehmonlar qabul qilishmadi. «Bildimki, otam kelsalar, (bu
qilgan ishim uchun) mendan xafa bo‘lardilar. Otam kelganlarida, men yashirinib oldim.
Otam: «Mehmonlarga nima tayyorladinglar?» deb so‘raganlarida, uydagilar (bo‘lib o‘tgan
voqeadan) xabar berishdi. Otam: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Keyin
yana: «Ey Abdurahmon», dedilar. Men jim turdim. Otam: «Ey pastkash, qasam
ichamanki, agar ovozimni eshitayotgan bo‘lsang, chiq», dedilar. Men chiqib:
«Mehmonlardan so‘rang», dedim. Mehmonlar: «O’g‘ling rost gapiryapti. Bizga ovqat olib
keldi», deyishdi». Abu Bakr (r.a.): «Sizlar meni kutdinglarmi? Allohga qasamki, men bu
kecha ovqatlanmayman», dedilar. Qolgan kishilar ham: «Allohga qasamki, sen
ovqatlanmaguningcha biz ham tanovul qilmaymiz», deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Voy
bo‘lsin! Nima uchun ziyofatlaringizni bizdan qabul qilmaysizlar?» deb taomni keltirishni
buyurdilar. Qachonki, u keltirilganida, ovqatga qo‘llarini qo‘yib «Bismillah», deb avvalgi
qasam shaytondandir, dedilar. U zot ovqat yeyishni boshladilar, ular ham yeyishni
boshlashdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1503/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval
o‘tgan ummatlardan (payg‘ambar bo‘lmasa ham, payg‘ambarlar kabi) so‘zlaydiganlari
bor edi. Agar ummatimda shunday ilhomlangan kishi bor bo‘lsa, o‘sha Umardir», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyati.
Imom Muslim ham xuddi shu lafzdagi hadisni Oishadan (r.a.) rivoyat qilganlar.
1504/3. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kufa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn
Abu Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga Ammorni
boshliq etib tayinladilar. Ularning arz qilishlaricha, Sa’d ibn Abu Vaqqos namozni chiroyli
suratda ado etmaydi. Umar (r.a.) u zotga: «Ey Abu Ishoq! Ular sizni chiroyli suratda
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |