www.ziyouz.com
kutubxonasi
254
bihalalika ‘an haromika va ag‘niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini o‘qib yursang,
qarzing tog‘ miqdoricha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim,
harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila O’zingdan
boshqalardan behojat qil».) Imom Termiziy rivoyati.
1486/23. Imron ibn Hasindan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu zotning
otalari Hasinga duo qilib yurishlari uchun ikki kalima o‘rgatdilar. U «Allohumma alhimniy
rushdiy va a’izniy min sharri nafsiy» edi. (Ma’nosi: «Allohim, meni hidoyatga muvofiq
qilib, nafsimning yomonligidan panoh bergin».) Imom Termiziy rivoyati.
1487/24. Abbos ibn Abdulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, menga
bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.)
«Allohdan ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Bir necha kundan so‘ng borib: «Ey Allohning
rasuli, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», desalar, u zot: «Ey
Abbos, ey Alloh rasulining amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyatni so‘ranglar», deb
aytdilar. Imom Termiziy rivoyati.
1488/25. Shahr ibn Huvshabdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ummu Salamaga (r.a.):
«Ey mo‘minlar onasi, Rasululloh (s.a.v.) sizning huzuringizda bo‘lganlarida eng ko‘p
qiladigan duolari qaysi edi?» deganlarida, Ummu Salama (r.a.): «Ko‘p duolari «Ya
muqallibal qulub sabbit qolbiy ‘ala diynik» edi», dedilar. (Ma’nosi: «Ey qalblarni
o‘zgartiruvchi, qalbimni diningda sobit qil».) Imom Termiziy rivoyati.
1489/26. Abu Dardodan 4$> rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dovudning duolari
«Allohumma inniy as‘aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ‘amalallaziy
yuballig‘uniy hubbaka. Allohumma ij’al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va
minal ma‘il baridi» edi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sening muhabbatingni va Seni
yaxshi ko‘rgan kishining muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan
amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq
suvdan ham menga mahbubroq qilgin».) Imom Termiziy rivoyati.
1490/27. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ya zal jaloli val ikrom»
duosini lozim tutinglar va ko‘paytiringlar», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ey ulug‘lik va izzat-
hurmat egasi».) Imom Termiziy rivoyati.
Xuddi shu ma’nodagi hadis Nasaiyning kitoblarida Rabiyha ibn Omirdan (r.a.) rivoyat
qilinadi. Hokim esa bu hadisning isnodi sahih, deganlar.
1491/28. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) juda ko‘p duolar
bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik. Shunda men: «Ey
Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u, biz undan birortasini yodlamaymiz», desam,
u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat qilaymi? U «Allohumma
inniy as’aluka min xoyri ma sa‘alaka minhu nabiyyuka Muhammadun (s.a.v.) va na’uzu
bika min sharri masta’ozaka minhu nabiyyuka Muhammadun (s.a.v.) va antal musta’onu
va ‘alaykal balag‘u vala havla vala quvvata illa billah»dir», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim,
nabiyying Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman.
Va nabiyying Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh
so‘rayman. Va Sen yordam so‘raluvchi Zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa
o‘zgartiruvchi va quvvat yo‘qdir».) Imom Termiziy rivoyati.
1492/29. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Allohumma inniy as‘aluka mujibati
rohmatika va ‘azoima mag‘firotika, vassalamata min kulli ismin val g‘oniymata min kulli
birrin val favza biljannati van najota minannar» ham Rasululloh (s.a.v.) duolaridan edi.
(Ma’nosi: «Allohim, rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib
qiladigan narsani, har bir gunohdan salomat bo‘lishni va har bir yaxshilikda g‘animatni
hamda jannat bilan zafar qozonishni va do‘zaxdan najot topishni so‘rayman».) Imom
Hokim rivoyati. Bu hadis Muslimning shartlariga binoan sahihdir.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |