Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


Safardan qaytgan kishi avval o‘z mahallasidagi masjidda ikki



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

Safardan qaytgan kishi avval o‘z mahallasidagi masjidda ikki
rakaat namoz o‘qishining mahbubligi to‘g‘risida 
987/1. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safardan 
qaytsalar, avval masjidda ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
179-BOB 
Ayol kishining yolg‘iz safarga chiqishi haromligi haqida
988/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohga va oxirat 
kuniga imon keltirgan ayolga bir kecha va kunduzlik masofaga mahramsiz safar qilish 
halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
989/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi mahrami 
bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmasin. Mahrami bo‘lmagan ayol safarga chiqmasin», 
deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, mening xotinim hajga ketdi. Men esa falon 
va falon g‘azotda ishtirok etish uchun nomimni yozdirib qo‘ydim», dedi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.) «Borgin, xotining bilan birga haj qil (chunki mahram bo‘lib 
bormasang, uning safari shar’iy bo‘lmaydi)», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
194
FAZILATLAR KITOBI 
180-BOB
Qur’on o‘qishning fazilati 
990/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on o‘qinglar. 
Chunki u (Qur’on) Qiyomat kunida o‘qiguvchilariga shafe’ bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
991/2. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni 
Qur’on va unga dunyoda amal qiluvchilar olib kelinsa, Baqara va Oli Imron suralari 
ilgarilab, o‘quvchilariga hujjatlashishadi, ya’ni shafe’ bo‘lishadi», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
992/3. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning 
yaxshilaringiz Qur’ondan ta’lim olib, boshqalarga ham o‘rgatgan kishidir», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
993/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni mohirlik ila, ya’ni 
lafzlarini o‘z o‘rnidan chiqarib tilovat qiluvchi kishi ulug‘, itoatkor mirzalar, ya’ni 
farishtalar bilan birga bo‘ladi. Endi kim Qur’onni tutilib-tutilib mashaqqat ila o‘qisa, ikki 
ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
994/5. Abu Muso al- Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on 
o‘quvchi mo‘min shirin limonga o‘xshaydi. Hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on 
o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi. Hidi yo‘g‘u ta’mi shirin. Qur’on o‘qiydigan 
munofiq rayhonga o‘xshaydi. Hidi 
yaxshi, lekin ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan munofiq zaqqum (g‘oyat achchiq meva) 
ga o‘xshaydi. Hidi ham yo‘q, ta’mi ham achchiq», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
995/6. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh 
bu kitob, ya’ni Qur’on bilan ba’zi qavmlarni yuksak darajaga va ba’zi qavmlarni past 
darajaga tushiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni salaflarimizga o‘xshab, 
Qur’on o‘qib, unga amal qilinsa, yuksak maqomlarga ko‘tariladi. Lekin aksi bo‘lsa, 
bizlarning ahvolimizga o‘xshab qoladi). 
996/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Faqat ikki toifa 
kishilarga hasad qilish joiz. 1. Alloh bir kishiga Qur’on hifzi va ilmi ne’matini bergan 
bo‘lsa, u kishi kechasiyu kunduzi uni o‘qisa va amal qilsa; 2. Va bir kishiga Alloh mol-
dunyo bergan bo‘lsa, o‘sha kishi mol-dunyosidan kechasiyu kunduzi infoq qilsa», deb 
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
997/8. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Kahf surasini o‘qir edi. 
Huzurida arqonga bog‘langan oti turar edi. Bir bulut paydo bo‘lib, u otiga yaqinlashgan 
edi, oti hurkib ketdi. Tong otganda bu kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, bo‘lib 
o‘tgan voqea haqida xabar berganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu xotirjamlik bo‘lib, qachon 
Qur’oni karim (ahamiyat ila) o‘qilsa, ana shu xotirjamlik tushadi», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
998/9. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning 
kitobidan bir harf o‘qisa, (nomai a’moliga) bitta yaxshilik yoziladi. Har bir yaxshiligingiz 
o‘n barobar mislicha qilib beriladi. Men «Alif, lom mim»ni bir harf demayman. Balki 
«alif» bir harf, «lom» bir harf va «mim» bir harfdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
999/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’ondan hech bir 
narsa yodlamagan kishi xaroba uyga o‘xshaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1000/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish