www.ziyouz.com
kutubxonasi
196
183-BOB
Maxsus suralar va oyatlar tilovatiga targ‘ib
1008/1. Abu Said Rofe’ ibn Mu’allodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
menga: «Ey Abu Said, masjiddan chiqishingdan oldin senga Qur’ondagi eng ulug‘ surani
o‘rgataymi?» deb qo‘limdan ushlab (yura boshladilar). Masjiddan chiqmoqchi
bo‘lganimizda men: «Ey Allohning Rasuli, siz menga Qur’ondagi eng ulug‘ surani
o‘rgataman, dedingiz», desam, Rasululloh (s.a.v.) «U yetti oyatdan iborat
«alhamdulillahi robbil olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
1009/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qul
huvallohu ahad» surasini qiroat qilish haqida quyidagicha so‘z aytdilar: «Mening jonim
Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura Qur’onning uchdan biriga to‘g‘ri
keladi».
Boshqa rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga: «Sizlardan biringiz bir kechada
Qur’onning uchdan birini o‘qishga ojizmi?» deganlarida, bu so‘z sahobalarga og‘ir botdi.
Va: «Ey Allohning Rasuli, qaysimiz bir kechada Qur’onning uchdan bir qismini o‘qiy
oladi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Qul huvallohu ahad Allohussomad» surasi
Qur’onning uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
1010/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi boshqa bir kishining
«Qul huvallohu ahad» surasini o‘qiyotganini eshitdi. Tong otganida Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga borib, go‘yo u kishi qilgan amalini kichik sanagandek qilib zikr etdi. Shunda
Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, albatta, bu sura
(o‘zi kichik bo‘lishiga qaramasdan) Qur’onning uchdan biriga teng keladi», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
1011/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qul huvallohu
ahad» surasi haqida: «Albatta, bu sura Qur’onning uchdan bir qismiga teng keladi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1012/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men «Qul
huvallohu ahad» surasini yaxshi ko‘raman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, buni
yaxshi ko‘rishing seni jannatga kirgizadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Imom
Buxoriy ham «Sahih»larida ta’liq holda rivoyat qilganlar.
1013/6. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu kecha menga
nozil qilingan oyatlarga qaramaysizlarmi? Bu kabi sura hali ko‘rilmagan. O’sha sura «Qul
a’uzu birobbil falaq» bilan «Qul a’uzu birobbin nas»dir», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
1014/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ikkita «qul
a’uzu» nozil bo‘lishidan oldin jinlardan va insonlarning ko‘zi tegishidan panoh tilab
yurardilar. «Qul a’uzu» surasi nozil bo‘lganidan so‘ng u ikkisi bilan panoh tilab, boshqa
panoh tilanadigan narsalarni tark qildilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
1015/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onda o‘ttiz
oyatli bir sura bor. U (o‘qib yurgan) kishini shafoat qiladi. Hattoki gunohlari mag‘firat
qilinadi. O’sha sura «Taborakallaziy biyadihil mulk»dir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari.
1016/9. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim kech
kirganda Baqara surasining oxiridagi ikki oyatni o‘qisa, unga kifoya qiladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
(Ya’ni o‘sha kechasi buladigan turli ofatlar yetishidan kifoya qiladi. Yoki o‘sha kechasi
qoim bo‘lishiga kifoya qiladi).
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |