Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
119
Boshqa rivoyatda u kishi xotiniga: «Senda yegulik biror narsa bormi?», dedi. Xotini:
«Yo‘q, faqat bolalarimga kifoya qilgudek ovqat bor», dedi. Shunda u kishi: «Bolalarni
biror narsa ila yupatib tur. Agar kechki ovqatni xohlashsa, uxlatib qo‘y. Mehmonimiz
uyga kirganida chirog‘ni o‘chirib qo‘y. Mehmonga biz ham yeyayotgandek bo‘lib
ko‘rinaylik», dedi. Ular ovqatga o‘ltirishdi. Mehmon ovqat yedi. Ikkovlari och holda
yotishdi. Qachonki tong otganida haligi ansoriy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borganida
u zot: «Alloh taolo siz er-xotinning bu kecha o‘z mehmonlaringizga nisbatan qilgan
ishingizdan mamnun bo‘ldi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
564/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ikki kishiga
tayyorlangan taom uch kishiga kifoya qiladi. Uch kishiga tayyorlangan taom to‘rt kishiga
kifoya qiladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning Jobirdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Bir kishining taomi ikki
kishiga, ikki kishining taomi to‘rt kishiga, to‘rt kishining taomi sakkiz kishiga kifoya
qiladi», dedilar», deyilgan.
565/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
safarda edik. Bir kishi ulovini mingan holda kelib, ko‘zini o‘ng va chap tomonga qarata
boshladi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kimning ehtiyojidan ortiqcha markabi bo‘lsa, uni markabi
yo‘qqa bersin. Kimning ortiqcha taomi bo‘lsa, taomi yo‘qqa bersin», deb yana boshqa
turli mollarni ham zikr qildilar. Biz bu aytgan gaplarini eshitgandan keyin biror kishi
ortiqcha moliga o‘zining haqqi yo‘q ekan-da, degan qarorga keldik.
Imom Muslim
rivoyatlari.
566/4. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir ayol Rasulullohga (s.a.v.) to‘qilgan
bir kiyim olib kelib: «Ey Allohning Rasuli, buni sizga kiydiraman, deb o‘z qo‘lim bilan
to‘qiganman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun ham uni oldilar.
So‘ngra (ichkariga kirib), izor o‘rnida kiyib, bizning oldimizga chiqdilar. Shunda o‘sha
yerdagilardan biri: «Muncha ham yaxshi ekan, shuni menga kiydiring», dedi. Rasululloh
(s.a.v.)
«Bo‘pti», dedilar-da, o‘sha yerdagi majlisda o‘tirib, keyin qaytib ketdilar. So‘ngra
uylariga borib, uni bir kiyib ko‘rib, haligi kishiga berib yubordilar. Qavmdagilar u kishiga:
«Yaxshi ish qilmading, u zotning biror narsa so‘ragan kishiga yo‘q demaslarini yaxshi
bilar eding-ku», deyishdi. U kishi esa: «Allohga qasamki, men buni kiyish uchun
so‘ramadim. Balki o‘lganimda kafan bo‘lishi uchun so‘radim», dedi. Sahl (r.a.):
«Haqiqatda bu kiyim o‘sha kishiga kafanlik bo‘ldi», dedil ar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
567/5. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ash’ariy jamoasining
urushda ozuqalari tugab qolay desa yoki Madinada bola-chaqalarining taomi ozayib
qolsa, o‘zlarida bor narsalarni bir choponga jamlashar edi-da, keyin bir xil idishda
barobar qilib, o‘rtalarida taqsimlab olishar edi. Ular mendan va men ulardandirman»,
dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: