www.ziyouz.com
kutubxonasi
116
Muslim rivoyatlari.
546/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohdan (s.a.v.) nima narsa
so‘rashmasin, hech qachon yo‘q, demas edilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
547/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda tong
ottirganida ikki farishta tushadi. Ulardan biri: «Allohim, infoq qiluvchilarga o‘rnini
qoplaydigan narsa ato et», deydi. Ikkinchisi: «Allohim, xasis, ziqnalarga talofat bergin»,
deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
548/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey odam bolasi,
molingdan infoq qil. Shunda senga ham infoq etiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
549/7. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan
(s.a.v.) «Islomdagi qaysi amal yaxshiroq?», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ovqat
ulashib, kishilarni taomlantirmog‘ing hamda tanigan va tanimagan kishilarga salom
bermog‘ing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
550/8. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qirq
xislat borki, ularning eng oliysi — sutini sog‘ib ichish uchun echkisini bermoqlikdir. Kimki
mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da qilingan narsaga ishongan
holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
551/9. Abu Umoma Suday ibn Ajlondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey
odam bolasi, agar ehtiyojingdan ortiq molingni infoq qilsang, o‘zing uchun yaxshidir.
Agar bermasdan o‘zingda ushlab qolsang, o‘zing uchun yomondir. Lekin o‘z ehtiyojingga
kifoya qilgudegini ushlab qolsang, malomat qilinmaydi. Sen sadaqani o‘z
qaramog‘ingdagilarga ulashishdan boshlagin. Yuqori qo‘l, (ya’ni beruvchi) past qo‘ldan,
(ya’ni oluvchidan) yaxshiroqdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
552/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) Islom haqqi-hurmati
biror narsa so‘ralsa, uni berib yuborardilar. Kunlarning birida huzurlariga bir kishi
kelganida, ikki tog‘ orasini to‘ldiradigan darajada qo‘y berib yubordilar. U kishi borib:
«Ey qavm, musulmon bo‘linglar. Chunki Muhammad alayhissalom kambag‘al bo‘lib
qolishdan qo‘rqmagan kishi kabi saxovat qilar ekanlar», dedi. Anas (r.a.): «Kishi mol-
dunyo umidida musulmon bo‘lar edi-da, ozgina fursatdan keyin u kishiga dunyo va
undagi narsalardan ham Islom mahbubroq bo‘lib qolar edi», dedil ar. Imom Muslim
rivoyatlari.
553/11. Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) mol taqsim
qildilar. Shunda men: «Ey Allohning Rasuli, bu berilganlardan ko‘ra berilmaganlar ichida
haqlirog‘i bordir», desam, u zot: «Ular mendan behayolik ila so‘rashni ixtiyor qilishardi.
Men ularga berib qutulardim. Yoki meni baxillikda ayblashar edi. Vaholanki men baxil
emasman», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
554/12. Jubayr ibn Mut’imdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh (s.a.v.) bilan
Hunayn g‘azotidan qaytayotganlarida a’robiylar Rasulullohga (s.a.v.) yopishib olib, tilana
boshlashdi. Oxiri Rasulullohni (s.a.v.) samuri daraxti oldiga qochishga majbur etishdi.
Bas, u zotning kiyimlari unga ilinib qoldi. U zot: «Kiyimimni beringlar. Agar mana shu
tikonli daraxtlar adadicha molim bo‘lsa ham, uni o‘rtalaringizda taqsimlab bergan bo‘lar
edim. Shunda sizlar mening baxil, yolg‘onchi va qo‘rqoq emasligimni bilar edinglar», deb
aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
555/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sadaqa berish
bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi. Alloh taolo kechirimli bo‘lgan bandasining izzat-
sharafini ziyoda qiladi. Kishi Alloh uchun o‘zini hokisor tutsa, Alloh taolo uning
martabasini baland qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
556/14. Abu Kabsha Amr ibn Sa’d Anmoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |