Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
narsadan mahbub bo‘lmog‘i; 2) kishini faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rmog‘i; 3)
Alloh taolo
unga kufrlikdan najot berganidan keyin xuddi o‘tga tashlanishni yomon ko‘rganidek
kufrlikka qaytishni karih ko‘rmog‘i», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
376/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh taolo yetti
toifa kishini soya yo‘q kunda o‘z soyasidan (Qiyomat haroratida Arshning soyasidan)
panoh berur: 1) odil podshoh; 2) Allohning ibodatida o‘sgan yigit; 3)
masjidga qalbi
muallaq bo‘lgan kishi, ya’ni masjiddan chiqib, to unga qaytguncha qalbi bog‘liq
bo‘luvchi; 4) Alloh yo‘lida do‘st bo‘luvchi ikki birodar shaxs, ular Alloh yo‘lida jam bo‘lib,
Uning yo‘lida ajraladilar; 5) bir kishini husnu jamolda tenggi yo‘q ayol (yomon niyatda)
o‘z nafsiga chaqirsa, u kishi Allohdan qo‘rqaman,
deb javob qilsa; 6) bir kishi biror
sadaqa qilsa, o‘sha bergan sadaqasini shu darajada maxfiy qilsaki, o‘ng qo‘li bilan
berganini chap qo‘li sezmasa; 7) bir kishi xoli holda Allohni eslaganida, ko‘zidan yosh
oqsa», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
377/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh taolo
Qiyomat kuni: «Azamatim uchun do‘st bo‘lganlar qani? Bugun Men soya yo‘q kunda O’z
soyam bilan panoh beraman», deydi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
378/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mening jonim
Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, imon keltirmaguningizcha jannatga kira
olmaysizlar. Va bir-birlaringiz ila do‘st bo‘lmaguningizcha mo‘min bo‘lmaysizlar. Bir-
biringiz bilan do‘st bo‘ladigan amalga sizlarni dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni joriy
qilinglar», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
379/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir
kishi boshqa bir
qishloqdagi birodarini ziyorat qilmoqchi bo‘ldi. Alloh taolo uning yo‘liga kuzatuvchi qilib
bir farishtani yubordi. Farishta uning oldiga kelib: «Qaerga borishni xohlaysan?»
deganida, haligi kishi: «Mana bu qishloqdagi birodarimnikiga», dedi. Farishta: «Sening
unda parvarishlab turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, lekin men uni
Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga yuborilgan
Allohning elchisiman. Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek yaxshi ko‘radi»,
dedi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
380/6. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ansoriylar haqida:
«Ularni faqatgina mo‘minlar yaxshi ko‘radilar. Va faqatgina munofiqlar yomon ko‘radilar.
Kim ularni yaxshi ko‘rsa, Alloh ularni yaxshi ko‘radi. Kim ularni yomon ko‘rsa,
Alloh
ularni yomon ko‘radi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
381/7. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)dan «Alloh taolo: «Mening
azamatim uchun bir-birlarini do‘st tutguvchilarga nurdan bo‘lgan minbarlar beriladi. Uni
ko‘rgan nabiylar va shahidlar havas qilishadi», dedi», deganlarini eshitdim».
Imom
Termiziy rivoyatlari.
382/8. Abu Idris Xuloniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Damashq masjidiga
kirsam, tishlari yaraqlagan bir yigit turibdi. Atrofida odamlar o‘tirishibdi. Agar biror
masalada ixtilof qilishsa, bu yigitga murojaat qilishar edi. Bu yigit nima desa, o‘shani
qabul etishar edi. Shunda men: «Bu yigit kim?» deb so‘rasam, «Bu
yigit Muoz ibn
Jabaldir», deyishdi. Ertasi kun barvaqt masjidga kelsam, Muoz mendan ham oldin
kelibdilar. O’sha payt namoz o‘qiyotgan ekanlar. Namozni tugatishlarini kutib turdim.
Qachonki, namozni o‘qib bo‘lganlarida, old tomonlaridan kelib salom berdim. Va:
«Allohga qasam, men sizni yaxshi ko‘raman», dedim. Muoz (r.a.): «Alloh yo‘lida yaxshi
ko‘rasanmi?» dedilar. Men: «Alloh yo‘lida», dedim. Muoz (r.a.): «Alloh yo‘lida yaxshi
ko‘rasanmi?» dedilar. Men: «Alloh yo‘lida», dedim. Shunda u
zot ridoimning bir
tomonidan ushlab o‘zlariga tortdilar-da: «Xursandlik xabarini bergin, chunki men
Rasululloh (s.a.v.)ning «Alloh taolo: «Mening yo‘limda bir-birlarini yaxshi ko‘ruvchilarga,