Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
90
404/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
(o‘tirgan) edik, u zot bir narsaning gupillagan ovozini eshitdilar. Va u zot: «Bu nima 
ekanini bilasizlarmi?» deganlarida, biz: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedik. 
Shunda u zot: «Bu bir tosh bo‘lib, u do‘zaxga uloqtirilganiga yetmish yil bo‘ldi. 
Hozirgacha pastga sho‘ng‘ishda bardavom bo‘lib, endi jahannam tubiga yetdi. Sizlar 
hozir o‘sha toshning gupillashini eshitdinglar», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
405/10. Adiy ibn Hotimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni 
Alloh taolo biror kishini qoldirmasdan tarjimonsiz gaplashadi. U kishi o‘ng tomoniga 
qaraydi. O’zi yuborgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. O’zi 
yuborgan amalidan boshqani ko‘rmaydi. Old tomoniga qaraydi. Va ro‘parasida do‘zaxdan 
boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan, xurmoning yarmini (sadaqa qilib bo‘lsa ham), 
do‘zaxdan saqlaninglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
406/11. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlar ko‘rmagan 
narsani ko‘raman. Osmon g‘ijirladi. Va u g‘ijirlashlikka haqlidir. Osmonda to‘rt barmoq 
sig‘adigan biror joy yo‘q. Faqat farishta Allohga sajda qilgan holda peshonasini u joyga 
qo‘yur. Allohga qasamki, agar sizlar men bilgan narsani his qilganlaringizda, oz kulib
ko‘p yig‘lab, hattoki to‘shaklaringizda xotinlaringiz bilan lazzatlanmasdan, Allohdan 
yordam so‘rab adirlarga chiqib ketgan bo‘lar edingizlar», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
407/12. Abu Barza Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi 
Qiyomat kuni umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmini nimaga yo‘naltirgani, molini qaerdan 
topib, qaerga infoq qilgani va jismining nima bilan mashg‘ul bo‘lgani haqida hisob-kitob 
qilinmagunicha ikki qadami jilimaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
408/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ana o‘sha Kunda 
yer o‘z xabarlarini so‘zlar», degan oyatni o‘qib: «Yerning xabari nima ekanini 
bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. 
Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Har bir er va ayolning yer ustida biror amal qilganiga guvoh 
bo‘lib, unday qilgansan va bu kun bunday qilgansan, deb aytishi xabar berishidir», 
dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
409/14. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qanday 
xursand bo‘layki, sur sohibi (Isrofil alayhissalom) surni og‘izga solib, buyruq kelsa, uni 
puflayman, deb quloq solib turibdilar», dedilar. Rasululloh (s.a.v.)ning bu aytgan gaplari 
go‘yoki sahobalarga og‘ir botgandek bo‘ldi. Shunda u zot: «(Sizlar) «Hasbunallohu va 
ni’mal vakiyl», deb aytinglar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
410/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qo‘rqsa, 
kechaning avvalida yo‘lga tushadi. Kim kechaning avvalida yo‘lga tushsa, manziliga yetib 
oladi. Ogoh bo‘linglar, Allohning matosi qimmatbahodir. Ogoh bo‘linglar, Allohning 
matosi jannatdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
411/16. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni kishilar 
yalangoyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda 
to‘planadilar», deganlarida, men: «Ey Allohning rasuli, erkaklar va ayollar bir-birlariga 
qarayverishadimi?» desam, u zot: «Ey Oisha, u kun bu narsadan ham qattiqroq (ya’ni, 
nozikligidan andishaga o‘rin qolmaydi)», dedilar. 
Boshqa rivoyatda: «Ish bir-birlariga qarashdan ham muhimroq», deyilgan. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish