Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
o‘xshash narsalar bo‘lsa, egasiga qaytarsin. Agar had lozim bo‘lgan tuhmat va shularga
o‘xshashlarni qilsa, uni tortsin, avf hosil qilsin. Agar g‘iybat qilgan bo‘lsa, u kishidan (uzr
so‘rab) halollab olsin. Har bir gunohidan tavba qilmog‘i vojibdir. Agar ba’zisidan
tavba
qilsa, haq ahllari huzurida o‘sha gunohlaridan tavbasi hosil bo‘ladi. Qolgan gunohlari
(gardanida) qolaveradi. Bunga Qur’ondan, sunnatdan, ummat ijmo’sidan kelgan dalillar
bir-birini quvvatlaydi. Alloh taolo aytadi:
«Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki
(shunda)
najot topsangizlar»
(Nur surasi, 31-oyat);
«Parvardigorlaringizdan mag‘firat so‘ranglar, so‘ngra Uning O’ziga tavba
qilinglar»
(Hud surasi, 3-oyat);
«Ey mo‘minlar, Allohga xolis tavba qilinglar»
(Tahrim surasi, 8-oyat).
13/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)ning «Allohga
qasamki, men bir kunda yetmish martadan ko‘p Alloh taologa istig‘for aytib, Unga tavba
qilaman», deb aytganlarini eshitdim».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
14/2. Ag‘ar ibn Yasar al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ey
insonlar, Allohga tavba qilib istig‘for aytinglar. Chunki men bir kunda yuz marta tavba
qilaman», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
15/3. Rasululloh (s.a.v.) xodimlari Abu Hamza Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh taolo bandasining tavbasidan sizlardan biringiz cho‘lda
yo‘qolgan tuyasini topib olganidagi xursandchiligidan ham ziyoda shod bo‘lur», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Alloh taolo
bandasi tavba qilganida, shu qadar
xursand bo‘ladiki, sizlardan biringizning minib turgan tuyasi qo‘lidan chiqib qochsa,
ovqati va suvi tuyada bo‘lsa, u kishi tuyasidan umidini uzib,
daraxt soyasi ostida
yotganida, qarasaki, tuyasi oldida turgan bo‘lsa, uning tizginidan ushlab: «Allohim, Sen
mening bandamdirsan. Va men Sening robbingdirman», deb qattiq xursand bo‘lganidan
mana shu tariqa xatoga yo‘l qo‘yadi. Banda tavba qilsa Alloh taoloning xursandchiligi
bandasinikidan ortiqroq bo‘ladi», deyiladi.
16/4. Abu Muso Abdulloh ibn Qays al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.)
«Alloh taolo kunduzi gunoh qilganlar tavba etishlari
uchun kechqurun rahmat
qo‘lini yozadi. Va kechasi gunoh qilganlar tavba etishlari uchun kunduzi rahmat qo‘lini
yozadi. Bu narsa quyosh mag‘ribdan chiqadigan kungacha davom etadi», dedilar.
(Quyosh mag‘ribdan chiqadigan kun–Qiyomatdir, ya’ni quyosh mashriqdan chiqar ekan,
tavba eshiklari ochiqdir. O’ki ruh xalqumga yetgunicha tavba eshiklari ochiqdir.)
Imom
Muslim rivoyatlari.
17/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kimki quyosh
mag‘ribdan chiqishidan oldin tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul etadi»,
dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
18/6. Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh taolo bandasining tavbasini g‘arg‘ara kelgunicha qabul qiladi»,
dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
19/7. Zirr ibn Hubayshdan rivoyat qilinadi. «Safvan ibn Assol (r.a.)
huzurlariga ikki
mahsiga mash tortish xususida so‘rash uchun bordim. U zot: «Ey Zirr, seni nima narsa
(bu yerga) olib keldi?» dedilar. Shunda men: «Ilm talabi», dedim. U zot: «Albatta
farishtalar tolibi ilmning ilm talab qilganidan minnatdor bo‘lib, qanotlarini unga
yozishadi», dedilar. Men: «Katta tahorat va siygandan keyin mahsilarga mash tortish
haqida qalbimda taraddudlanish asorati bor. Siz esa Rasululloh (s.a.v.)ning
sahobalaridansiz. Men huzuringizga «Rasululloh (s.a.v.)dan
bu haqda biror narsa
eshitganingiz bormi?» deb so‘rash uchun keldim», desam, u zot: «Ha, agar safarda yoki