Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
160
LIBOS KITOBI 
 
117-BOB
Oq kiyim kiyishning mahbubligi va qizil, ko‘k, sariq va qora
rangli hamda paxta, kanop va jundan to‘qilgan kiyimlarni
kiyish joizligi haqida 
Alloh taolo: 
«Ey Odam bolalari, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, 
yasan-tusan 
(libosini) 
ham tushirdik. 
(Hammasidan) 
yaxshiroq taqvo libosidir» 
(A’rof surasi, 26-oyat). 
«Sizlar uchun issiq 
(sovuq)dan 
asraydigan kiyimlar va sizlarni 
(dushmanning) 
ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar 
(yaratdi)» (Nahl surasi, 81-oyat), deb 
aytgan. 
777/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oq liboslarni kiyinglar. 
Chunki u liboslarning yaxshisidir. Va u bilan o‘liklaringizni kafanlanglar», deb aytdilar. 
Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
778/2. Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oq libos kiyinglar. 
Chunki u pok va yoqimlidir. Va u bilan o‘liklaringizni kafanlanglar», deb aytdilar. Imom 
Nasaiy va Hokim rivoyatlari. 
779/3. Barrodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘rta qomatli zot edilar. Men 
bir kuni u zotni qizil bir kiyimda ko‘rdimki, (bundan oldin) sira undan chiroyli narsada 
ko‘ramaganman. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
780/4. Abu Juhayfa Vahb ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) 
Makkaning qumlik yerlarida qizil teridan bo‘lgan chaylada ko‘rdim. Bilol (r.a.) o‘sha 
chayladan Rasulullohning (s.a.v.) tahorat suvlarini olib chiqdilar. Kimdir undan badaniga 
sochdi. Kimdir badaniga surtib, baraka hosil qildi. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) ustlarida 
qizil kiyim bilan chiqdilar. Go‘yoki boldirlarining oppoqligiga qarab turgandekman. U zot 
tahorat oldilar. Bilol (r.a.) esa azon aytdilar. Men Bilolning (r.a.) og‘izlariga ahamiyat ila 
qarab turdim. U zot o‘ng tarafga burilib: «Hayya ‘alas-solah» va chap tarafga burilib: 
«Hayya ‘alal falah», deb aytdilar. Keyin Rasulullohning (s.a.v.) old taraflariga sutra 
qo‘yildi. Rasululloh (s.a.v.) oldinga o‘tib, namoz o‘qidilar. Oldilaridan it va eshak o‘tar 
edi. Hech kim ularni to‘smas edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
781/5. Abu Rimsa Rifoa’ at-Tamimiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh 
(s.a.v.) ustlarida ikki ko‘k ko‘ylak ko‘rdim», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
782/6. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Makka fath bo‘lgan kuni 
boshlariga qora salla kiygan holda kirdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda: 
Qora kiyim kiyishning joizligi aniq bo‘lyapti. Ulamolar: «Dushman ustidan 
g‘alaba qozonilganda qora salla kiyish mahbubdir», deb aytishgan. 
783/7. Abu Said Amr ibn Huraysdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Go‘yoki Rasululloh 
(s.a.v.)ni ko‘rib turgandekman. U zotning boshlarida qora sallalari bo‘lib, pechini ikki 
kiftlari orasiga tashlab qo‘ygandilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) odamlarga xutba 
o‘qidilar. U zotning boshlarida esa qora sallalari bor edi», deb kelgan. 
784/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohni (s.a.v.) Yamanning Sahuliyya 
qishlog‘ida paxtadan to‘qilgan uchta oq kiyim bilan kafanlashdi. Bular ichida ko‘ylak 
ham, salla ham yo‘q edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
785/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) tongda tuya egari 
surati tushirilgan qora jundan to‘qilgan chopon kiyib chiqdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish