www.ziyouz.com
kutubxonasi
163
ehtiromlarini ko‘rib: «(Go‘yoki shogird ustozi huzurida ikki tizzasi bilan o‘tirgandek) ikki
tizzalari bilan o‘tirardilar», der edim. Kunlarning birida yana Ibn Hanzaliyya (r.a.)
bizning oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z aytingki, u bizga
foyda berib, o‘zingizga zarar bermasin», dedilar. Shunda u kishi: «Rasululloh (s.a.v.)
bizga aytdilar, Alloh yo‘lida boqilayotgan otlarga molidan nifoq qiluvchi kishi xuddi
sadaqa berish uchun hamisha qo‘li ochiq, aslo yopilmaydiganga o‘xshaydi», dedilar.
Boshqa bir kuni yana oldimizdan o‘tib qoldilar. Abu Dardo (r.a.) u kishiga: «Bir so‘z
aytingki, bizga foyda berib, o‘zingizga zarar qilmasin», dedilar. Shunda u kishi:
«Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: Xuraymul Usaydiy nomli kishi muncha ham yaxshi, agar
sochi (elkasiga tushadigan darajada) uzun bo‘lmasa va ishtoni osilgan bo‘lmasa, dedilar.
Bu gap Xuraymga yetib, tezda tig‘ olib, sochini qulog‘ining oldigacha kesib, ishtonini
boldirigacha ko‘tardi», dedilar. Keyin Ibn Hanzaliyya (r.a.) yana o‘tib qoldilar. Abu Dardo
(r.a.): «Bir so‘z aytingki, bizga foyda berib, o‘zingizga zarar qilmasin», dedilar. Ibn
Hanzaliyya (r.a.) aytdilar: «Rasulullohdan (s.a.v.) eshitganman, u zot: «Sizlar
birodarlaringiz ziyoratiga borib turasizlar. Ulovlaringiz va liboslaringizni chiroyli qilib
boringlar. Go‘yoki odamlar orasida badandagi xol kabi bo‘linglar. Chunki Alloh taolo
takalluf bilan o‘ziga va liboslariga beparvo bo‘lganlarni yaxshi ko‘rmaydi», dedilar. Abu
Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.limning shartlariga binoan sahih isnod ila
rivoyat qilganlar. Faqatgina Qays ibn Bishrni «Ishonchlimi yoki zaif kishimi?» deb, shu
haqda ixtilof qilishgan. Lekin Imom Muslim bu kishidan hadis rivoyat qilganlar.
797/10. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon
kishining ishtoni boldirining yarmigacha bo‘ladi. Bordiyu boldiri bilan to‘pig‘i orasida
bo‘lishining ham zarari yo‘q. Ammo to‘pig‘idan pasti do‘zaxdadir. Kimki ishtonini
takabburlik ila sudrab yursa, Alloh taolo u kishiga (rahmat nazari bilan) qaramaydi»,
dedilar. Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qildilar.
798/11. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) oldilaridan
o‘tayotgan edim, ishtonim bo‘shab, tushib ketdi. U zot:
«Ey Abdulloh, ishtoningni ko‘targin», dedilar. Men uni ko‘tardim. «Yana ko‘tar», dedilar.
Men uni ko‘tarib yurdim. Shunda qavmdagilar: «Ey ibn Umar, qaergacha ko‘tardingiz?»
deyishganida, u zot: «Boldirning yarmigacha», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
799/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim kiyimini
takabburlik bilan sudrab yursa, Alloh taolo unga Qiyomat kuni (rahmat nazari bilan)
qaramaydi», deganlarida, Ummu Salama (r.a.): «Unda ayollar etaklarini nima
qilishadi?» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qarich uzaytirishadi», dedilar. Ummu Salama
(r.a.) esa: «Bir qarichda oyoqlari ochilib qoladi-ku?» dedilar. Rasululloh (s.a.v.): «Unday
bo‘lsa, bir gaz miqdorida uzaytirishsin. Lekin undan oshirib yuborishmasin», dedilar. Abu
Dovud va Termiziylar rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |