Tarmoq raqobatbardoshligining mazmuni
Tarmoq raqobatbardoshligini baholash. Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbardoshligi, o‘z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir- biriga o‘xshash bo‘lib, ular tashqi va ichki ustunliklarga bo‘linadi.
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;
kichik va o‘rta biznesning davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi;
mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;
jamiyat va bozorlarning ochiqligi;
mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;
standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg‘unlashuvi;
fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‘llab- quvvatlanishi;
mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;
mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning yuqori darajasi;
mamlakatda past soliq stavkalari;
qulay va arzon resurslarning mavjudligi;
mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar.
Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj;
jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi;
boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi;
yetkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;
sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi;
tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.);
menejerlarning raqobatbardoshligi;
tovarning ekskluzivligi;
ko‘p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;
raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‘i va boshqalar.
Korxona raqobatbardoshligi uning ma’lum bir sohada boshqa raqib korxonalardan ustunligini anglatadi. M.Porterning fikricha, raqobatbardoshlik o‘z navbatida resurslardan samarali foydalanishni aks ettiradi. Korxona raqobatbardoshligini oshirish yo‘llaridan biri innovatsiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, bozor sharoitlarining doimiy o‘zgarishi marketingda innovatsiyalarni qo‘llash zaruratini oshirmoqda.
Inqirozli vaziyatlar sharoitida iste’molchilar ehtiyojiga tayangan holda mahsulot ishlab chiqarish, korxonani bozorda raqobatbardoshligini oshiradi va o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, texnologik innovatsiyalar uchun moliyaviy resurslar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, innovatsion marketing korxonaning raqobat kurashida asosiy dastak bo‘lib xizmat qiladi. Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning mijozlari tomonidan belgilanadi. Agar, mijozlar korxona mahsulot va xizmatlarini ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan ko`proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda unga tashqi yordam zarur bo‘ladi yoki bunday korxona inqirozga yuz tutadi. Bu borada P. Druker quyidagi fikrni bildirgan: «biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo`lganligi sababli, korxonaning ikkita va faqat ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya».
Xaridorlar fe’l-atvorlarini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, qiyoslash va tanlash jarayonida foydali samara (R) sotib olish va foydalanish xarajatlari (solishtirma foydali samara)ga nisbatan o‘ziga o‘xshash tovarlarga Qaraganda eng yuqori bo‘lgan tovar xaridor
tomonidan yuqori baholanadi, shu sababli bir tovarning jami boshqa tovarlarga nisbatan ustunligi, afzal deb e’tirof etilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |