Kompaniyaning o‘sishida raqobat strategiyasi
Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustahkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o‘xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo‘lishi, zarar ko‘rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya g‘alaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi hujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo‘lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko‘rinishlari shuncha bo‘ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning o‘xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bo‘lib ular quyida keltirilgan:
Xarajatlar bo‘yicha ilg‘orlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda to‘la xarajatlarini pasaytirishni ko‘zda tutadi. Bu esa ko‘p sonli xaridorni jalb qiladi.
Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga raqobatchi firmalar tovarlaridan farq qildiradigan o‘ziga xos chizgilarni berishga qaratilgan. Bu ham xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va maxsulotni keng tabaqalashtirishni uyg‘unlashtirish hisobiga qimmatli tovar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa o‘xshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baholarni ta’minlashdan iboratdir.
Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bo‘lib, xaridorlarning tor segmentiga yo‘naltiriladi. Bunda firma o‘z raqobatchilaridan ancha past baxolar hisobiga o‘tib ketadi.
Ifodalangan strategiya yoki maxsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi strategiyasi. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini ularning did va talablariga yanada to‘laroq javob beradigan tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.
Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun hujumkorlik strategiyasidan foydalanish.
Raqobat ustunligiga deyarli har doim muvaffaqiyatli xujumkor strategik xarakatlar hisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta’minlash uchun muvaffaqiyatli hujumkor strategiyaga qancha vaqt talab etilishi tarmoqdagi raqobat tavsifiga bog‘liq. Ustunlikni ta’minlash vaqti qisqa bo‘lishi, xizmat ko‘rsatish soxasidagi kabi, murakkab texnologik jarayonli kapital talab etadigan tarmoqlardagi kabi ancha davomli bo‘lishi ham mumkin. Ideal darajada sozlangan xarakatlar miqyosi ancha katta bo‘lgan ( masalan, yangi qimmatbaho dorining patentiga farmatsevtikada ega bo‘lish sezilarli ustunlikni ta’minlaydi) yoki uncha katta bo‘lmagan (masalan, tikuvchilik sanoatida. Bunda kiyimlarning yangi modadagi fasonlari osongina uzlashtirilishi mumkin, nusxa ko‘chirish oqali) raqobat ustunligini yaratishi mumkin.
Muvaffaqiyatli hujumdan so‘ng «mevalarning samarasini» ko‘rish davri keladi. Bu davrning davomiyligi esa raqiblarga yo'qotilgan pozitsiyalarni qaytarib olish
uchun xujumga o‘tishga qancha vaqt kerak bo‘lishiga bog‘liqdir.
Raqiblar firma yaratgan ustunlikka qarshi jiddiy qarshi hujum boshlashlari bilan uning yemirilishi boshlanadi. Egallangan mavqeini saqlab qolish uchun firma ikkinchi strategik hujumni amalga oshirishi kerak. Uning fundamentini esa raqobatchi ustunlikka erishish maqsadida kurashni kuchaytirgan paytlarida hujumga o‘tishga tayyor turish uchun «mevalarni samarasini» ko‘rish davrida ko‘rib qo‘yish kerak bo‘ladi. Raqobat ustunligini saqlab turish uchun firma raqiblardan bir bosh baland bo’lishi kerak. Bozordagi o’zining pozitsiyasini mustahkamlash uchun ketma- ket strategik hujumlar uyushtirishi va xaridorlarning moyilligini saqlab turishi lozim.
Hujumkor strategiyaning oltita asosiy turi ajratiladi:
Raqobatchining kuchli tomonlariga qarshilik ko‘rsatish yoki ulardan o‘zib ketishga qaratilgan harakatlar.
Raqobatchining zaif tomonlaridan foydalanishga qaratilgan harakatlar.
Bir nechta frontlarda bir vaqtda hujumga o‘tish.
Egallanmagan bo‘shliqlarni egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |