Microsoft Word Raqobat Siyosati ziyo netga


rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab berish



Download 1,5 Mb.
bet23/53
Sana18.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#384356
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab berish holati

Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin

Agar raqobatli afzallik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo‘lsa, u

«tashqi» afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo‘ladi.

Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning «bozor qudratini» oshiradi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi.

Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya differenstiatsiya strategiyasi bo‘lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi.

Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko‘ra kamroq tannarxga erishishga

imkon beruvchi va «ishlab chiqaruvchi uchun qiymat» hosil qiluvchi tovarga asoslangan bo‘lsa, bunday afzallik «ichki afzallik» deb ataladi.

Ichki raqobatli afzallik - firmaga ko‘proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko‘proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq «unumdorlik» oqibatidir. Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya xarajatlar bo‘yicha afzallik strategiyasi bo‘lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish «nou-xau» siga asoslanadi.

Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va madaniyatni talab qiladi.

Raqobatbardoshlikni tahlil qilishning vazifasi strategik xulosalar chiqarish va ustuvor maqsadlarni belgilash uchun firmaga shu o‘qlarda joylashishga imkon berishdan iboratdir. «Bozor kuchi» o‘qidagi o‘rinni tanlash uchun avvalgi boblarda ko‘rib chiqilgan markaning imijini tadqiq qilishda olingan ma’lumotlardan foydalanish kerak. Bu tadqiqotlar bozor qabul qiladigan qiymatni o‘lchash va narx bo‘yicha egiluvchanlikni baholashga imkon beradi. «Unumdorlik» ni tahlil qilishda tajriba egri chizig‘idan kelib chiqish yoki «bozorni razvedka qilish» xizmati ma’lumotlarini hisobga olish lozim, bu xizmat raqobatchilar ustidan kuzatuv o‘rnatish vazifasini bajaradi.

Shu narsa ayonki, hech bir mamlakat tovar va xizmatlarning barcha turlari bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi mumkin emas. Hech bir mamlakat o‘zi uchun mumkin bo‘lgan raqobatdagi ustunlikni doimo saqlab turishga kafolat bera olmaydi. Raqobatdagi ustunlikka erishish ilm-fan, texnika, texnologik yangiliklar asosida qo‘lga kiritiladi va keskinlashib boradi.

«2011–2015 yillardagi eng muhim vazifa – makroiqtisodiy barqarorlik va izchil yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, uning sifat ko‘rsatkichlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiya etish, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulot hamda xizmatlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish hisobidan yaxshilashdan iborat».

Alohida firmalar qo‘lga kiritilgan ustunlikni yangi texnologiyalardan foydalanish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, ishni samarali olib borish yo‘li bilan ushlab turadi.

Raqobat ustunligini ushlab turishda davlatning qo‘llab-quvvatlashi, o‘zgaruvchan va samarasi tashqi siyosatning roli katta. Bunday siyosat korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirishga, qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Chet el raqobatchilari oldida ustunlikni qo‘lga kiritish va ushlab turishni korxonalar o‘zlari amalga oshirishi kerak.

Ishlab chiqarish omillariga suyangan holda jahon bozorida u yoki bu mamlakatning ustunlikni qo‘lga kiritishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Ishlab chiqarish omillarining o‘zi borgan sari o‘zgaruvchan, ko‘chib yuruvchan bo‘lib boradi. Kapital investitsiya qilinadi va boshqa mamlakatlarga oqib o‘tadi; ishchi kuchi ish haqi ancha yuqori, mehnat sharoiti ancha yaxshi mamlakatlarga ko‘chib o‘tadi; fan-texnika yangiliklari ham eksport, ham import qilinadi. Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati nazariyasi o‘zining maxsus xususiyatga ega. Shu

bilan birga bu erda ham xalqaro tovar va xizmatlar savdosi sohasidagi rag‘batlantirish va qonuniyatlar deyarli bir hil amal qiladi.



    1. Download 1,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish