Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc


«(Yusuf) dedi: «Parvardigorim, men uchun bular meni chorlayotgan narsadan



Download 495,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/132
Sana04.04.2022
Hajmi495,65 Kb.
#527958
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132
Bog'liq
Mahmud As\'ad Jo\'shon. Ramazon va taqvo

«(Yusuf) dedi: «Parvardigorim, men uchun bular meni chorlayotgan narsadan 
ko’ra zindon yaxshiroqdir»
– deb, qamoqqa kirishni afzal ko’rdi. Nima uchun shunday 
dedi? Chunki Allohning mukammal tanlangan, go’zal, asl va mukammal quli, ya’ni 
Payg’ambar o’g’li Payg’ambar bo’lganligi uchun ham shunday dedi. 
Demak, bu hadisi qudsiyda Alloh taolo biz Odam farzandlaridan: «Biror gunohni qilishga 
niyat qilib, uni bajarish uchun oyog’ingizni bosayotgan vaqtda Allohning g’azabini eslab, 
o’zingizni orqaga tortingizmi? Shu gunohni qilmaslikka muvaffaq bo’ldingizmi?» – deb 
so’ramoqda. Bundan agar siz shunday qilsangiz, men sizdan rozi bo’laman, degan ma’no 
chiqmoqda. 
Xudovandi karim Yusuf alayhissalomga lutf qilib, qamoqdan chiqardi va vazir qilib qo’ydi. 
Taqdirida bor ekan, Zulayxo volidaga uylantirdi, ammo halol yo’l bilan nikoh o’qildi. 
Gunoh bilan emas, savob yo’li bilan oila qurdilar. Mana sizga Allohdan qo’rqib, gunohdan 
voz kechishning ajru mukofoti. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29
Hazrati Ali raziyallohu anhu bir kun xizmatchisi bilan Kufadagi bir masjidga ot yetaklab, 
namoz o’qigani keladilar. Shunda masjidning oldida bir kishini ko’rib qoladilar va unga 
«Iltimos, otimizning jilovidan ushlab tursangiz!» – deb otni topshirib, namoz o’qigani 
masjidga kirib ketadilar. Namozni o’qib chiqayotganlarida otni ushlab turganga beraman, 
deb hamyonlaridan besh dirham oladilar. Ammo tashqariga chiqib qarasalar, odam ham 
yo’q, ot ham yo’q. Atrofni qidirib otni topishibdi, ammo ot egarsiz. Haligi kishi egarni 
o’g’irlab, otni esa tashlab ketibdi. Hazrati Ali roziyallohu anhu xizmatchisiga besh dirham 
berib: «Borib bozordan egar olib kel!» – deb jo’natibdi.
Bir oz vaqt o’tgandan keyin xizmatchi bir egar bilan bozordan qaytibdi. Hazrat Ali ne ko’z 
bilan ko’rsinlarki, bu o’zlarining egarlari. Bir ozgina oldin buni bir kishi egarchiga sotib 
ketibdi, deb aytadi. Shunda Hazrati Ali roziyallohu anhu: «Qanchaga sotibdi?» deb 
so’raydilar. Xizmatchi: «Besh dirhamga sotgan ekan». «Voy bu bizning egarimiz-ku!» 
deb taajjublangan edim. Sotuvchi: «Foydasi kerak emas, o’g’riga bergan miqdorimni 
bersang kifoya!» – dedi. 
Bu besh dirham masalasini ko’rgan Hazrati Ali roziyallohu anhu to’plangan odamlarga 
qarab: «Ey, jamoat, qarang, bu yerda juda katta ibrat bor! Hozir men bu o’g’riga, o’z 
hamyonimdan besh dirham ajratib, ko’nglim rozi bo’lib, halol qilib bermoqchi edim. Sabr 
qilganda besh dirham olar edi. Ammo sabr qila olmadi, natijada nima oldi? Albatta, besh 
dirham oldi. Lekin halolidan emas, balki haromidan oldi. O’g’irlab sotib va qochib ketdi. 
Alloh uning taqdiriga bugun besh dirham topishni yozgan edi. Biroz sabr qilsa, halolidan 
nasib etardi. Ammo u haromga chopib ketdi. 
Hazrati Ali roziyallohu anhuning hamyoniga qaraydigan bo’lsak. Unda o’zgargan biror 
narsa yo’q. Besh darhamni ajratib, o’sha kishiga bermoqchi bo’ldilar, xolos. Niyatlariga 
ko’ra bu yerda u zot savob oldilar. Besh dirham esa cho’ntagidan chiqib, egarchining 
qo’liga borib tushadi. Egarchi ham hech narsa yo’qotmadi. Egarchi birovdan besh 
dirhamga sotib oldi va boshqa birovga yana besh dirhamga sotdi. Ammo bu yerda 
odamlar bajargan ishlariga ko’ra yo savob olmoqdalar, yo gunohga botmoqdalar. Taqdir 
o’zgarmayapti, ammo niyatiga ko’ra inson yo gunoh, yo savob olmoqda, ya’ni yo 
jannatiy yoki do’zaxiy bo’lmoqda. 
Yusuf alayhissalom sabr qildilar, gunohga yaqinlashmadilar, qamoqni afzal ko’rdilar, 
natijada Alloh unga halol nikohni nasib etdi. Biz bu rivoyatlarni nimaga keltirdik? Inson 
o’zini harom ish qarshisida qanday tutishi lozimligini uqtirdik, xolos. Zero, inson 
farzandining hayotida har xil vaziyatlar bo’ladi. Ba’zi narsalarni o’zi ham, nafsi ham 
xohlaydi. Uzatsa qo’li yetadi, uzib oladi, ammo «Yo’q, olmasligim lozim, bu olma 
harom!» – deb uni uzmaydi. Boshqa yerdan birortasi bir lagan olma olib keladi. Agar 
uning nasibasida olma yeyish bo’lsa, u o’zgarmaydi, faqatgina inson harom qarshisida 
turganda o’zini tutishi lozim! Shunday qilsa, albatta, Alloh u qulini sevadi. 
Bu yerda Alloh yaxshi ko’rgan, unga ma’qul bo’lgan amallar haqida suhbatlashyapmiz. 
O’zimizni tutamiz, haromga ko’z tashlamaymiz. O’zimizni tutamiz, haromga quloq 
bermaymiz. O’zimizni tutamiz, haromga ko’maklashmaymiz. O’zimizni tutamiz, harom 
joyga qadam tashlamaymiz. Qur’oni karimda bildirilgan, ta’kidlangan taqvoning 
ahamiyati va mohiyatini yaxshilab o’ylab, tushunib unga amal qilishga bor kuch va 
imkoniyatimiz bilan jiddu jahd qilaylik. Gunohning oqibati - jahannamni ko’z oldimizga 
keltiraylik. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Download 495,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish