Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Download 495,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/132
Sana04.04.2022
Hajmi495,65 Kb.
#527958
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132
Bog'liq
Mahmud As\'ad Jo\'shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17
Usmonlilar davrida chechak kasalligining davosini bilgan ekanlar. Uning oldini olish 
uchun mahalla ko’chalarida emlash ishlari olib borilgan. Shuning uchun ham bu 
kasallikning oldi olinib, hech qanday zarari yoyilmas ekan. Yevropada esa u zamonlarda 
bu kasallikka uchragan shahar aholisining yarmini, uchdan birini qirib tashlashar ekan. 
Ular uchun bu juda ham xavfli, davosiz bir kasallik hisoblangan. 
Ramazonda esa o’ttiz kun biz o’zimizga juda ham lozim bo’lgan narsalarni bajarish bilan, 
halol bo’lgan ne’matlardan bir muddat o’zimizni tiyish orqali nafsimizga hokim bo’lishni 
o’rganamiz. Zamonaviy ta’bir bilan aytganda, universitet darslarini tushuna oladigan 
darajada irodamizni chiniqtirish sabog’idan ta’lim olamiz. Bu bilan biz o’zimizni tutishni, 
vujudimizni boshqarishni o’rganamiz va ruhan barkamol inson holiga kelamiz. 
Bir kun Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning oldilariga oppoq kiyim kiygan 
nuroniy yuzli, ozoda bir kishi kirib keladi. Bu kishini sahobalar tanishmaydi... «Agar 
Madinadan kelganida edi bu kishini tanigan bo’lardik. Madinalik bo’lmasa, demak, 
uzoqdan kelgan bo’lsa kerak. Lekin uzoqdan kelgan bo’lsa, ustida, kiyimlarida biror safar 
nishonasi, chang-tuproq bo’ladi. Tuyaga minib-tushganida terlashi kerak». Bu kishining 
usti-boshida safar nishonasi yo’q edi. 
U kishi to’g’ri kelib Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, 
tizzasini tizzalariga tekkizib, o’tirdi. Atrofidagilar bu holatni ko’rib hayron qoldilar, bu 
odamning kimligi hammani qiziqtirar edi. Shundan keyin u kishi Payg’ambarimiz 
sallallohu alayhi vasallamga har xil savollar berdi, har savoliga javob olganidan so’ng 
«To’g’ri aytdingiz!» – deb tasdiqlab ham qo’yar edi. Buni ko’rgan sahobalar hayron 
qolishib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga ham savol berib, ham to’g’riligini 
tasdiqlayotgan bu kishi kim ekan, deb turgan edilar. Mehmon eng oxirgi savolni so’radi: 
«Ehson nadur, yo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam?» – dedi. Ehson, bu Allohga 
bandalikni go’zal ado etishdir. Yuqorida ham bu haqda aytib o’tgandik. Alloh bizdan 
yaxshi qul bo’lishimizni xohlaydi. Haligi kishi xuddi shu narsani so’radi: «Ehson, ya’ni 
qullikni yaxshi ado etish qanday bo’ladi, ey Rasululloh?» Shunda Rasululloh sallallohu 
alayhi vasallam shunday javob berdilar: 
«Ehson bu – Allohga muhabbat bilan ibodat qilish. Uni ko’rib turgandek ibodat qilish. 
Agar sen Allohni ko’rmayotgan bo’lsang ham, u har yerda hoziru nozir bo’lib, seni ko’rib 
turibdi», – deb javob berdilar. U kishi «to’g’ri aytdingiz», deb tasdiqladi va yana bitta 
savol so’rab, uni ham tasdiqlagach, chiqib ketdi. 
Shunda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Bu kishining kimligini bilasizlarmi?». 
«Yo’q, taniy olmadik, ey Rasululloh» – dedilar. 
«Bu Jabroil alayhissalom. Sizga dinimizni o’rgatish uchun inson suratida kelib, mendan 
savol so’radi, men esa javob berdim» – deb aytdilar. 
Hadisi Jabroil deb nomlangan bu voqea Hazrati Umar tomonidan rivoyat qilingan. 
Demak, yaxshi-solih qul Allohni ko’rib turgandek ibodat qiladi. Bir kishi unga qarab 
tursa, u o’tirishi, turishi, gapirishi va bajaradigan ishiga diqqat bilan e’tibor qiladi. Alloh 
ham bizni ko’rib turgani uchun, biz qulligimizni shunga ko’ra bajarishimiz lozim. 
– Xo’sh, qanday qilib solih banda maqomiga erishish mumkin? 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Download 495,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish