Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Download 495,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/132
Sana04.04.2022
Hajmi495,65 Kb.
#527958
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Bog'liq
Mahmud As\'ad Jo\'shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
126
Ayniqsa, yarim tunda... 
Shuning uchun ham tunni ihyo qilish, yarim kechasi turib tahorat olib, Alloh 
buyurgancha ikki rakat, to’rt rakat, olti rakat, sakkiz rakat, o’n rakat namoz o’qish 
kerak. Chunki namoz – ibodatning eng go’zal shakllaridan biri. Ibodatning ko’p xillari 
bor. Eng to’liq shakli bu – namoz. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam 
buyurmoqdalar:
«Ko’zim namoz tufayli orom topadi. Ko’zimning zavqlanishi, nuri namozdan». Bu – dilim 
rohatlanyapti, degani. 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning dillarini rohatlantirgan, ko’zlarini 
quvontirib, huzur baxsh etgan namozdan zavq ololmagan kimsa o’zini nazorat qilsin. 
Ya’ni: «Men nega bu namozdan zavq ololmayapman?» – deb so’rasin. Demakki, jihozlari 
zanglayapti, tuyg’ulari xusronga uchrabdi, demakki, ko’p johil, demakki, bu xususida 
ancha orqada, hali g’o’r, pishmaganligini tushunadi. Shu bois inson yolg’izlik mazasini 
totishi kerak, muhtaram birodarlarim. 
Qur’onni o’qish juda savobli. Hozirgi kunga kelib bizning Qur’oni karim bilan bo’lgan 
oshnoligimiz ancha qusurli holga kelib qoldi. Inglizcha, nemischa, frantsuzcha va boshqa 
ko’p tillarni o’rganyaptilar-ku, ammo arabchani o’rganib, Qur’oni karimni yodlash 
xususida shavq va g’ayrat sarf etilmayapti. O’rganganlarning esa hali xurmati joyiga 
qo’yilmayapti. 
– Qori, keling, o’tiring, o’qing! Bo’ldi, oling shu tugunchaning ichidagi pulni. Ammo «Qori 
bu yerga keling!» – deganining o’zidayoq u odam achchiqlanadi, o’zini noqulay tutadi... 
Nojo’ya harakat qilib qo’ygandek bo’ladi. Hofizlikni, ya’ni Qur’oni karimni yod olishni 
maqbul bo’lmagan bir ish sifatida ko’radilar, o’ylaydilar. Hofizlik shonu shuhrati, qadr-
qimmati bilinmaydigan holatga kelindi. 
Holbuki, Qur’oni karim – Allohning kalomi, unga nazar solishning o’zi ham savob. 
Ma’nosini tushunib, hayoti davomida unga amal qilsa, ta’riflab bo’lmas darajada 
savoblarga noil bo’ladi. Qur’oni karimni o’qishning o’zi ulug’ savob. Albatta, arab tilini 
bilmaydiganlar ma’nosini tushunmaganidan ko’ngildagidek lazzat ololmaydi.
Kechani bedor o’tkazishning yana bir shakli bu – zikr. Zikr nima o’zi? Ba’zi muborak 
kalimalarni takrorlash. Masalan, «La ilaha illalloh». Bu kalima insonning jannatga 
kirishiga sabab bo’ladi. Yoki: «Allohumma solli ala’ sayyidina’ Muhammadin va ala’ a’li 
sayyidina’ Muhammad» ham juda savobli kalima. Agar siz Payg’ambarimiz sallallohu 
alayhi vasallamga salotu salom keltirsangiz, uni farishtalar darhol u zotga yetkazadilar. 
Shuningdek, «Astag’firulloh» ham bir zikr. Allohdan avf-mag’firat so’rashlik. 
«Subhonalloh», «Alhamdu lilloh», «Allohu akbar», «La’ havla va la’ quvvata illa’ billa’ hil 
aliyyil azi’m», – bular hammasi muborak kalimalar. Bularni zikr etish g’oyatda savobli. 
Yoxud Alloh taoloning ismi azalini, lafzi jalolini yoki «asmoul husna»dan birortasini aytish 
ham zikr. Masalan, «Alloh, Alloh», «Ya’ Qayyu’m, ya’ Qayyum», «ya’ Vadu’d, ya’ 
Vadu’d», – deb aytsa ham zikrga kiradi. Demak, zikr – kechani ihyo qilishning bir 
chorasi. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Download 495,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish