«... chin ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar».
Ixlos bilan Allohga duo qiladilar, quruqlikka chiqqanlarida esa unutadilar. Inson
farzandining turgan-bitgani shunday...
Yusuf Islom ham bergan so’zini unutibdi. Ammo «Hoy sen, «Ey Rabbim, agar meni
qutqarsang, senga yaxshi ibodatlar qilaman», deb va’da bergan eding! Nima bo’ldi?» –
deb bir necha marta tush ko’raveribdi va oxiri musulmon bo’libdi. Alloh uni
ogohlantirgan ekan.
Bu birodarimizni yaxshi bilamiz, uni hurmat qilamiz. Qani, tomosha qilaylik, dedim. «32-
kun» dasturi boshlanish soatida televizorni qo’ydik. Bu ko’rsatuvni tayyorlaganlarning
jazosini Alloh bersin. Bu aslida musulmonlar tomosha qiladigan Yusuf Islom haqidagi bir
dastur edi. Men ham shuning uchun tomosha qilmoqchi bo’ldim. Dasturning boshiga
behayo bir filmning yotoqxona sahnasini kiritibdilar – xalqni masxara qilayotgandek.
Men uni kutmagandim-ku, men sening dasturingni – Yusuf Islomning qanday musulmon
bo’lishini tushuntirib berasan, deb tomosha qilmoqchi edim. Nega behayo sahnani kiritib,
meni gunohkor qilasan? Zotan, o’zing gunohga botib turibsan...
Biz Yusuf Islomni tomosha qilmoqchi edik, lekin bu dasturni ko’rgan, ko’zimizni yopdik,
lekin xohlaganingcha berkit, uying ichida ham mayxona, ham diskoteka, ham cherkov,
ham pop, ham kazino, umuman hamma narsa bor. Bu televizor har narsa...
Shuning uchun ham, muhtaram birodarlarim, ko’z zinosi masalasida juda ehtiyot bo’ling!
Payg’ambarimiz bejizga: «Ko’z ham zino qiladi» demadilar. Ya’ni haromga qaradimi –
ko’zning zinosi bo’ladi. Zino ham gunohi kabira. Gunohi kabira qiladigan insonning esa
duosi aslo qabul bo’lmaydi.
Bir kishi ko’chada biror ayolga ko’zi tushsa, birinchi boqish kechiriladi. Ikkinchi marta
nazari tushsa, gunoh yozila boshlaydi. Chunki ikkinchi qarash shaytondan. Birinchi
marta ko’zi tushganda, nima qilsin, ma’sum, chorasi yo’q. Ikkinchi qarashi shaytondan
bo’lib, gunohga boshlaydi. Shuning uchun ham bizning naqshbandiya tariqatimizning
asoslaridan biri: «Nazar bar qadam». «Nigohing oyog’ing uchida bo’lsin», – deyiladi. Bu
nima degani? Atrofga qaramasdan, bokira qizdek hayoli bo’l, degani. Chapga, o’ngga
qaradimi, agar ko’rib qolsa gunohga kirgani shu.
Shoir nima deydi:
Ko’z ko’rdi, ko’ngil sevdi, o mening yuzi mohim!
Qurboning bo’lay, bormi, bunda mening gunohim?
– Ha, bor. Ko’z ko’rgani uchun gunoh yoziladi. Nomahramga qaramasliging kerak edi.
Ko’chaga chiqadigan ayolingni yarim-yalang’och emas, yopinchiqqa o’ratib chiqarishing
kerak. Qizingni esa bolalagidanoq hayoga, odobga o’rgatasan...
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinibdi, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallam buyuribdilarki:
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |