www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
Har bir inson «Oxiratga nimalarni yuboryapman?» – deb o’ylashi kerak! Har kecha
yotmasdan oldin o’sha kunning tafsilotlarini bir marta xotirlab, «Ertalab nima qildim?
Uydan qachon chiqdim, nima ishlar qildim?» – deb hisob-kitob qilishi kerak!
Madinai munavvarada hol sohibi bir muborak inson bor ekan. Muhammad
alayhissalomning qabrlarini ziyorat qila turib, «Assalotu vassalamu alayka yo
Rasululloh!» deganida, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ham uning
salomiga javob qaytarganlarini eshitar ekan. Holining naqadar go’zal ekanligiga qarang!
Salom bersa, salomi qabul bo’lib, alik olinishi eshitilmoqda. Go’zal hol!
Bir kun uning oldiga hamshaharlari kelishibdi. Kelganlardan qiziqib: «Ahvollar qanday?
Nima yangiliklar bor?» – deb ona shahri haqida so’rabdi. Keyin namoz vaqti kirishi bilan
Masjidi Nabaviyga borib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga salotu salomlar
aytibdi, biroq bu safar salomga alik qaytarilmabdi.
«Ey voh! Biror xato qildim, shekilli!» – deb, o’shangacha nimalar qilgan bo’lsa,
hammasini xotiriga keltira boshlabdi. «Men nima xato qildim, ey Rabbim? Nima uchun
Rasululloh mening salomimga alik olmadilar?» – deb o’ylay boshlabdi.
Menimcha: «Oh, ona shahrimning qatiqlari, qatiqmisan qatiq-da, juda ham chiroyli,
qaymoqli. Bu yerning qatiqlari uning oldida nima bo’libdi? Bu yerda yaxshi qatiq
ichmaymiz», – degan gapim tufayli bo’lsa kerak, deb oxiri xatosini topibdi.
Senmisan hali Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shaharlaridagi hayot tarzini
ma’qul ko’rmagan? Shu bois martabasidan tushibdi. Keyin uzoq vaqtgacha tavba-
istig’forlar aytib, ko’z yoshlarini to’ka-to’ka eski holiga qaytibdi. Inson orqasiga qarab
astoydil qidirsa, nima yaxshiyu, nima yomonligini tushunib oladi.
Yaxshi nima degani? Insonning ko’ngliga huzur-halovat beradigan narsalar. Gunoh nima
ekan? Insonning ko’ngliga botadigan, og’irlik beradigan, yoqmagan narsalar. O’lchov
shu. «Taqvo qiling, Allohdan saqlaning. Taqvo ahli bo’ling, muttaqiy qul bo’ling!» –
degani. Kishi hozirdan erta uchun nimani taqdim etayotgan bo’lsa, qarasin! Qaraymiz,
demak, hisob-kitob qilamiz. Gunohdan saqlanamiz, savob ishlarni ko’p bajaramiz.
Bu ramazon oyidagi muborak ro’za ibodati Qur’oni karimdagi «Baqara» surasining 183-
oyatda hamda «Hashr» surasining 17-oyatida alohida ta’kidlangan.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyurganlarki:
«Alloh go’zallarning go’zalidir, go’zallikni sevadi». Faqatgina Allohga oshiq bo’linadi.
Unda Allohdan nima uchun saqlanadi? Allohning azobidan, jahannamidan saqlanadi.
«Jahannamga tushishdan o’zingizni himoya qiling, qo’riqlang, saqlaning, viqoya qiling!».
Viqoya qilmoq – asramoq degani. Ya’ni: «Ey mo’’minlar, o’z o’zingizni jahannamga
tushib qolishdan asrang, asrab qoling!».
Qanday asraydi? Gunohlar qilmaslik yo’li bilan saqlanadi. Chunki jahannam ta’riflarga
sig’maydigan darajada fojiali, mudhish, qo’rqinchli yerdir. Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam buyuradilarki: «Allohning jahannamdagi gunohkorlarga ichiradigan
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |