www.ziyouz.com
kutubxonasi
120
yasayapsan», – deb uni masxara qildilar.
Alloh taoloning lutfi cheksiz - har narsani biladi. Allohning xos Payg’ambarlari xato ish
qilmaydilar. Allohning amrini tutadilar. Tabiiy, u kemani yasab bo’ldi, keyin to’fon
boshlandi. To’fon boshlanishi bilan u Alloh amr etgan kishilarni kemaga oldi. Ular Nuh
alayhissalom kemaga olgan maxluqlar bilan birga to’fondan omon qoldilar. U kemaga
rajab oyida minganliklari va ro’zador bo’lganliklari yuqoridagi hadisi sharifning
davomida bildirilmoqda.
Boshqa bir hadisi sharif bilan bu suhbatimizni tugatamiz. Hasan Basriydan rivoyat
qilingan hadisi sharifga ko’ra, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday
buyurganlar:
«Rajab - bu Allohning oyi, Sha’bon - mening oyim va Ramazon - ummatimning oyi», –
degan ekanlar. Rajab – Allohning oyi deyilishi bu, Alloh tomonidan qullarning avfu
mag’firat qilinishi sababidan aytilgan. Alloh rajab oyida qullarining tavbasini qabul qiladi,
ularning gunohlarini kechiradi. Shunda bandalarining amal daftarlari oppoq bo’ladi.
Yuqorida ham aytib o’tganimizdek: «Rajab - bu ekish oyi, sha’bon - ekinga qarash oyi,
ramazon - esa o’rim-yig’im oyidir».
Demak, naql qilingan barcha rivoyatlarni umumiy olib qaraganimizda, bu uch oylik davr
ichida inson Alloh taolo rozi bo’lgan yo’lga kirishi, tavba qilib, ibodatlarni kuchaytirishi
yaxshi bir musulmon bo’lib, ro’zalar tutib nafsini isloh qilishi, irodasini quvvatlantirib,
botiniyu zohirini poklab, ramazon kirishi bilan bularni yanada ziyodalashtirib, yuksak
mukofotlarga ko’z tikishi kerak. Bu bandalarga berilgan bir imkoniyat va fursatdir.
Rajab oyining juda ham qiymatli oy ekanligini Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
aytib o’tmoqdalar. Qur’oni karim ham to’rt oyning muborak oylardan ekanligini bayon
etmoqda. U to’rt oylardan birisi – rajab oyi... Zulqa’da, zulhijja, muharram ketma-ket
keladi. Bu oylarda hajga ketadilar, hajdan keladilar. Ammo rajab oyi ulardan besh oy
keyin keladi. Sanaymiz: muhar ram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodul avval,
jumodul oxir, rajab... Shuning uchun bu muhtaram oyni rajabul fard (yagona rajab) deb
aytadilar. Hurmat, izzat, ikrom va e’tibor, jangu jadaldan uzoq turish rajab oyida ham
bor...
Bu oyda savoblar nomai a’mollarning savob xonalariga mo’l-ko’l to’kilishi sababidan
rajabul sabba deb ataladi. Ya’ni savoblar mo’l-ko’l, sharillab-sharillab to’kiladigan
degani. Sabba – arabchada to’kmoq degani. Daryoning tog’lardan sharillab oqadigan
yeri mujab deb ataladi. Rajabul sabbe – Alloh rahmati, ikromu ehsonlari qullariga
sharillab, keladigan oy degani.
Yana bir sifati rajabul asam, ya’ni kar, eshitmas degani... Qullar dushmanlarini ko’rsa-da
ko’rmaslikka oladi, sening falonchi raqibing falonchi joyda ketmoqda, desalar qulog’ini
kar qiladi. Shuning uchun ham rajabul asam deb ataganlar. Yana boshqa xil talqin va
izohlar ham qilingan. Rajab oyining qiziqarli, diqqatni jalb qiluvchi muhim oy ekanligi
rivoyatlarda aniq-tiniq bildirilgan. Hozir bu oyning birinchi kechasiga kirib turibmiz.
Oriflar, din olimlari o’z kitoblarida rajabning ekin ekish, ziroat oyi ekanligini yozadilar. Bu
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |