Microsoft Word Р. Расулов дарслик. Doc



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/155
Sana28.05.2022
Hajmi1,15 Mb.
#613911
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
Bog'liq
Ozbek tili (Rasulov R., Usmonov M., Mirazizova A.) (z-lib.org)

Lug‘at ishi 
 
ijod davri творческий период 
she’riy to‘plam сборник стихов 
badiiy tarjima художественный перевод 
did вкус 
namoyish etmoq проявлять, демонстрировать 
shohona коронный 
to‘polon шум 
qatag‘on репрессия 
to‘lqin волна 
she’riy uslub стихотворный стиль 
Topshiriq.
Matnni o‘qing va rus tiliga tarjima qiling. 
USMON NOSIR 
Usmon Nosirning ijod davri sakkiz - to‘qqiz yilgina davom etdi.
Uning bizga ma’lum asarlari mana shu yillar ichida, ya’ni shoirning 16 
yoshdan 25 yoshgacha davrida yaratildi. Shu yillar ichida u bir necha
she’riy to‘plam: “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak”, 
“Mehrim”, ikkita doston: “Norbo‘ta” “Haxshon” va “Atlas”, “Zafar”, 
“So‘nggi kun”, “Dushman” kabi dramalarini yozdi. 
Usmon Nosir badiiy tarjima sohasida ham o‘z mahorati va nozik
poetic didini namoyish eta oldi. U N.D.Dobrolyubovning “Haqiqiy kun 
qachon keladi”, Pushkinning “Boqchasaroy fontani”, M.Yu. 
Lermontovning “Iblis” kabi asarlari va bir qancha she’rlarini o‘zbek 
tiliga tarjima qildi. Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko‘pgina namunalarni
o‘zbek kitobxonlari Usmon Nosir tarjimasida o‘qidilar. Bu tarjimalar 
o‘zbek adabiyotining tarjima asarlari orasida shohona namunalar bo‘lib 
qildi. 
Shoir Turob To‘la: “Usmon she’riyatga shamolday kirib keldi. Balki 
bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha
she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda o‘zbek 
Lermontovi, Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi”, deb 
yozishdi”, -degan edi. 


52 
Usmon Nosir ham ko‘pchilik zamondoshlari kabi qatag‘onga 
uchradi. U 1944- yil 24- martda Kemerovo oblastida vafot etadi va shu 
erda Pervomaysk qishlog‘ida dafn etiladi. 
Biroq xalq Usmon Nosirni unutmadi, zero shoir quyidagi misralarni
bitganida haqli edi: 
Bargdek uzulib ketsam, 
Unutmas meni bog‘im, 
Ishimni hurmat qilar, 
Gullardan haykal qo’yar. 
She’rlarim yangrab qolar, 
Ming yillardan keyin ham. 
Unutmas meni bog‘im. 
Ha, xalq o‘zining sodiq o‘g‘lonlarini unutmaydi.
Topshiriq. Matnga reja tuzing. Shu reja asosida uning mazmunini
aytib bering. 
Topshiriq.
Egalik shakllaridagi otlarni ko‘chirib yozing., shaxs va 
sonini aniqlang. Masalan: davri – III shaxs, birlik. 
to‘lqin волна 
halovatli спокойный, спокойно 
ufq горизонт 
vafodor преданный. верный 
tik стройный, ровный, прямой 
imonli здесь: порядочный 
bo‘y cho‘zgan растущий 
Topshiriq.
To‘rtliklarni o‘qing va yod oling. 
Hayot dengiz kabi to‘lqinli, qirli, 
Ammo halovatli, cheksiz mehrli, 
Imonli kishilar buyuk umrbod, 
Odamzod ko‘nglini etar quvnoq, shod. 
Dunyoda odamzod mangu yashamas, 
Ufqqa bo‘y cho‘zgan chinor ham bo‘lmas, 
Aziz Vataniga vafodor bo‘lsa, 
Pomir cho‘qqisiday tik yashar, o‘chmas. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish