101. Ey mo‘minlar (Alloh sizlardan kechib yuborgan), ochilganda sizlarni xafa
qiladigan narsalar haqida so‘ramanglar! Qur’on nozil bo‘layotganda u narsalar
haqida so‘rasangiz, sizlarga ochib beriladi (ya’ni zimmangizga yuklanadi).
Holbuki, Alloh u narsalarni kechib yuborgan edi. Alloh mag‘firatli, haliymdir.
102. U narsalar haqida sizlardan oldingi qavm so‘ragan edi. So‘ngra esa u
narsalarni inkor qiluvchilarga aylandilar.
I z o h .
Bani Isroil qavmi o‘z payg‘ambarlaridan Alloh ularga buyurmagan narsalarni
so‘rar edilar. Keyin payg‘ambar ularga o‘sha narsalarni qilishga amr qilganida esa bosh
tortdilar. Shuning uchun Qur’on musulmonlarga Alloh buyurmagan ishlarni so‘rab-
surishtiravermay, o‘zlariga buyurilgan ibodatlarni sidqidildan ado etaverishni uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |