116. Eslang (ey Muhammad), Alloh: «Ey Iyso binni Maryam, odamlarga:
«Allohni qo‘yib, meni va onamni xudo qilib olinglar», deb sen aytdingmi?» —
deganida, (Iyso) aytdi: «Ey pok Parvardigor, haqqim bo‘lmagan narsani aytish
men uchun durust emas-ku. Agar aytgan bo‘lganimda, Sen albatta bilar eding.
Zotan Sen dilimdagi bor narsani bilursan. Ammo men Sening huzuringdagi hech
narsani bilmasman. Faqat Sen O’zing g‘ayb ilmlarining bilimdonisan.
117. Men ularga faqat O’zing amr qilgan gapnigina aytdim: «Parvardigorim va
Parvardigoringiz bo‘lmish Allohga ibodat qilingiz!» Va oralarida bo‘lgan
muddatimda ularning ustida guvoh bo‘lib turdim. Meni O’z huzuringga
chorlaganingdan keyin esa, Sen O’zing ularning ustida kuzatuvchi bo‘lding. Sen
O’zing hamma narsaga guvohdirsan.
118. Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat
Do'stlaringiz bilan baham: |